9
Epiteliy (qoplovchi) to‘qima. Bu to‘qima
teri sirtini, ovqat hazm
qilish, nafas olish, ayirish va boshqa organlarning ichki yuzasini
qoplab turadi. Buni
organlar ichki pardasi, ya’ni
shilliq qavat
deb ham ataladi.
Epiteliy to‘qima joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga
ko‘ra bir necha xil bo‘ladi: shakli yassi (yapaloq),
kubsimon,
silindrsimon, bir qavatli, ko‘p qavatli va hokazo. Yassi epiteley
teri sirtini qoplab turadi,
kubsimon epiteliy buyrakda, silindrsimon
epiteliy ichakning ichki yuzasida, tukli epiteliy burun bo‘shlig‘ining
ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy to‘qima joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi:
terining ustki qismini va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy
to‘qimalari
himoya vazifasini bajaradi; me’da-ichaklarning ichki
yuzasidagi epiteliy to‘qima ovqat hazm qilishda ishtirok etadi.
Epiteliy to‘qimasi o‘zaro zich joylashgan hujayralardan iborat.
Epiteliyda hujayralararo modda bo‘lmaydi yoki juda kam bo‘ladi.
Epiteliy hujayralari tez ko‘payish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: