Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Issiq va oftob urganda birinchi yordam


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Issiq va oftob urganda birinchi yordam. Odam issiq, dim xonada
bo‘lganida, issiq hammomda uzoq vaqt yuvinganda, yozning issiq
kunlari ochiq havoda uzoq vaqt ish bajarganda issiq urishi mumkin.
Buning belgilari: odamning tanasi qiziydi, terisi qizaradi, ko‘p
terlaydi, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi,
yurak o‘ynashi, nafas qisishi kabi noxush holatlar yuz beradi. Yosh
bolalarda tana harorati ko‘tarilib, hushidan ketadi yoki tirishib
qoladi. Odam quyosh nuri ta’sirida uzoq vaqt bo‘lsa, oftob urishi
mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganida bemor salqin joyga
o‘tkaziladi. Xonaning derazalarini ochib, havosi yangilanadi;
bemorning boshini past, oyoqlarini biroz baland qilib yotqiziladi;
sochiqni sovuq suvda ho‘llab, bemorning boshiga qo‘yiladi. Sovuq
suvda ho‘llangan sochiq yoki doka yelka, bilak, qo‘ltiq, son,
tizzaosti sohalariga ham qo‘yiladi.
Bemorning umumiy holatiga qarab, uning ustidan sovuqroq
suv (dush) quyish mumkin; ko‘proq sovuq choy, mineral suv
ichiriladi; agar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, tez tibbiy yordam
chaqiriladi.
Sovqotganda va sovuq urganda birinchi yordam. Odam uzoq
vaqt davomida sovuqda bo‘lishi natijasida u sovqotishi yoki uni sovuq
urishi mumkin. Terini sovuq urganda shu joy yumshoq jun ro‘mol
yoki boshqa issiq, yumshoq mato bilan isitiladi.
1. Òeri jarohatlanganda qanday birinchi yordam beriladi?
2. Òananing turli sohalaridan qon ketganda qanday to‘xtatiladi?
3. Òeri kuyganda qanday yordam beriladi?
4. Issiq va oftob urganda qanday birinchi yordam beriladi?
5. Sovqotganda va sovuq urganda yordam ko‘rsatish tartibini ayting.
Inson uchun birinchi baxt — uning sog‘lig‘i,
ikkinchisi — go‘zallikdir.
Arastu.


94
52-rasm. Odam tanasidagi ichki

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling