Odam va uning salomatligini o’qitishda masala va mashqlardan foydalanish usullari


Salomatlik va sog’lom turmush tarzi


Download 19.63 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1440330
1   2
Bog'liq
ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O

Salomatlik va sog’lom turmush tarzi
Salomatlikkka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi. 1. Tashqi atrof muhit omillari. Inson o’z atrofini o’rab olgan tashqi muhit bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Suv, havo, o’simlik, hayvonot dunyosi, oziq ovqat mahsulotlari, yashash joyi, kiyim kechagi, shovqin, tebranish, radiatsion nurlanish, turli dori vositalari, biolagik profilaktik preparatlar, zmonaviy havo laynerlari, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan xilma-xil zaharli kimyoviy moddalar va boshqalar inson atrofini o’rab olgan muxit xisoblanadi, sanab o’tilgan omillar esa insoning jismoniy va ruhiy salomatligiga tasir qilishi mumkin. Atrof muhitning ifloslanishi tufayli biosferada ko’payib borayotgan mutagen (onkogen. teratogen) omillar tasirinasldan naslga o’tuvchi irsiy kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladi. 2. Noto’g’ri va tartibsiz ovqatlanish. a’zolar narmal faolyatining buzilishi va kasalliklari kelib chiqishida muhim o’rin egallaydi. Organizm yetarli darajada oziq moddalar bilan ta’minlanmasligi natijasida uning himoya xususiyatlari pasayib, kasalliklar paydo bo’lishi uchun zamin yaratiladi, tez charchash, ish qobilyatining pasayishiga olib keladi[2, 4]. 3. Gipodinamiya - mushaklarning yetarli darajada ishlamasligi qisqarish kuchining kamayib ketishi bo’lib, odatda doimo o’tirib ishlash, piyoda yurishni yig’ishtirish, transportda ketish, kam harakatlik umuman mushaklarga tushadigan og’irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan gipokineziya, ya’ni odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan birga davom etadi. odam uzoq kasal bo’lib yotganda ham unda gipodenamiya kuzatiladi. 4. Zararli odatlar: alkogolizm-ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o’z salomatligi, mehnat qobilyatiga shuningdek jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada muntazam ravishda me’yoridan ortiq spirtlik ichimliklar ichishidir. Ichkilikning zaharli ta’sir moddalri almashinuvining buzilishi, nerv sistemasining zaharlanishiga olib keladi. Ko’p ichadigan odamlar ko’zi xiralashib, ba’zan quloq ham og’irlashib qoladi. Ichkilikning me’daga ta’siri natijasida shu a’zo barcha funksiyalarning buzilishi surunkali alkagol gastiriti paydo bo’ladi. Ichkilikbozlik ayniqsa jigarga katta tasir ko’rsatadi: odam hadeb ichaverdigan bo’lsa, jigar serrozi yuzaga keladi. Mudom ichib yuradigan kishi barvaqt o’lib, nogiron bo’lib qoladi. Tamaki chekish-kishi sog’lig’iga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir. Tamaki tarkibidagi nikotin markaziy va periferik asab tizimiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatib, arterial qon bosimini oshiradi. Mayda tomirlarni toraytiradi., nafas olishni tezlashtiradi, hazm shirasini ko’paytiradi. Tamaki tutuni nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi. U bronxlar shilliq pardasiga ta’sir ko’rsatib, surunkali bronxit va o’pka emfizemasini keltirib chiqaradi. Chekish ko’pincha og’iz bo’shlig’i, tomoq, bronx va o’pkada havfli o’smalar paydo qiladi. Narkomaniya-giyohvandlik, bangilik-narkotik vanarkotik ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Giyohvand bo’lib qolgan kishining jismoniy va ruhiy holati tegishli miqdorda narkotik modda iste’mol qilishiga bog’liq. Avval bemorda ruhiy o’zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo bo’lsa, keyinchalik jismoniy o’zgarishlar (terlash, yurak o’ynashi, og’iz qurishi, ozib ketish, qo’l-oyoq titrashi, rangning siniqishi) avj oladi[3, 5]. 5. Ruhiy-emotsional zo’riqishlar (psixogen omillar) - hozirga davrda kishilar salomatligiga salbiy tasir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ruhiyatdagi har qanday o’zgarishlar inson organizmi va tizimlarining faoliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Odamning ruhan ezilishi, ko’ngliga og’ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli salbiy voqealar zo’riqishlarga olib keladi. Ruhiy zo’riqishlar natijasida gipertoniya, stenokardiya, miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar kelib chiqadi. Ayollarda ruhiy-emotsional zo’riqishlar, ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki uch oyida o’ta havfli asoratlarga sabab bo’lishi mumkin[6, 7]. Yuqorida sanab o’tilgan salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish, har bir kishining bevosita o’z idrokiga va ongiga bog’liq. Buning uchun esa sog’lom turmush, uning tarkibiy qismlari qandayligi haqida aholi orasida keng targ’ibot va tushuntirish ishlari olib boorish maqsadga muvofiqdir. 1986-yil Ottavada salomatlikni mustahkamlash bo’yicha 1-jahon konferensiyasi bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyada “2000-yilda hammaga sog’lik”degan shior (xartiya) qabul qilinib, BSST ga a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlandi. Ottava xartiyasi sog’liqni saqlash bo’yicha bir nechta yo’nalishni ishlab chiqdi[8]. - Davlat siyosatini salomatlikni saqlashga yo’naltirish; - Farovon sotsial muhitni barpo etish; - Tamaki va spirtli ichimliklar reklamasini chegaralash; - Sport bilan shug’ullanishni keng targ’ib qilish.
Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
1. Sport.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.
Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
2. To‘g‘ri ovqatlanish.
Ovqatlanish rasioningizga tabiiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq kiriting. Ovqatlanish rasionining 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli bo‘tqalar tashkil etishi, 30 foizi go‘sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog‘larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo‘lishi lozim. Bahor va yozda o‘simliklar, qishda oqsil va yog‘ga boy mahsulotlarga ko‘proq o‘rin ajratilishi lozim. Har kuni 2 litr atrofida suv iching.
Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va kiriyeshkilar, boshqa ko‘plab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan keyin faqatgina bir oz olma tanovvul qilishga ijozat beriladi.
3. Zararli odatlar.
Organizmimizning asosiy dushmanlaridan bo‘lmish tamaki va alkogol mahsulotlari, turli zararli odatlar (ularni o‘zingiz yaxshi bilasiz)dan voz kechish orqali sog‘lom turmush tarziga keng yo‘l oching. Har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog‘lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
4. Kun tartibi.
Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda — 8 soatlik uyqu! Ikkinchidan, kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtida uyg‘onishga odatlanish! Uyquning buzilishi asta-sekinlik bilan inson ruhiyati, hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo‘qotadi, keyinchalik turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumin.
5. Ijobiy kayfiyat.
Sog‘lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi — yorqin va ijobiy kayfiyat! Hayotdan ko‘proq zavq oling, muvaffaqiyatsizlik, omadsizliklarga ko‘p e’tibor qaratmang, doimo olg‘a intilish uchun kuch topa biling va odamlarga nisbatan g‘araz, gina-kudurat, yomon gumonlar saqlab yurmang, kechirimli, bag‘rikeng bo‘ling. Nodonlar bilan aslo tenglasha ko‘rmang!
6. Toza havo.
Uyingiz, xona va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib-tozalang, derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang. Normal jismoniy holatda bo‘lish uchun albatta chuqur va to‘g‘ri nafas olishni bilish lozim. Tabiat qo‘ynida sayr qilish, oynalarni ma’lum muddat ochib qo‘yish, tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo‘q.
7. Shaxsiy gigiyena.
Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo‘llarni yuvish, uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash, toza kiyim, umuman, tozalikka qat’iy rioya etish sog‘lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir.
Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi.
Yana bir gap! Sog‘lom turmush tarzi qoidalari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri ikkinchisiz sodir bo‘lishi amrimahol. Ularni ertaga qoldirmasdan, hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog‘lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo‘lamiz.
Xulosa
«Odam va uning salomatligi»ni o’qitishda o’quvchilarda organlarni tanish, tuzilish va funksiya birligi, organlar sistemasining vazifalari haqida tushunchalarni shakllantirishda rasmli mashqlar va masalalar muhim o’rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. G’.O.Haydarov; “Ichki kasalliklar” 2002 yil

  2. B.U.Yo’ldoshev; “Ichki kasalliklar” 2002 yil

  3. M.F.Ziyayeva; “Terapiya” 2005-2010 yil

  4. M.T.Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y

  5. E.Y.Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi”. Toshkent 1996 y

  6. L.S.Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995 y

  7. “Qariyalarda hamshiralik parvarishi” M.F.Ziyayeva 2013 y

  8. S.T.Tursunov; “Sog’lom turmush tarzi” 2010 y

Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling