Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens


Download 107.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi107.02 Kb.
#1380641
  1   2   3
Bog'liq
Odam - Vikipediya



Odam
Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (
lot.
 ongli odam), 
sut emizuvchilar
sinfining 
Hominidae
oilasiga mansub 
primat
turidir. Odamlar 
abstrakt fikrlash

nutq
,
introspeksiya
qobiliyatli yuksak rivojlangan 
miyaga
egadirlar. Bunday miya bilan odamlar
mehnat qurollari
ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam
ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari
yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq
qiladi. Odamni 
antropologiya
fani oʻrganadi.


Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo
sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh
miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshka barmoqlarga
qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, onaqornida rivojlanishi, rudiment va
atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi.
Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham
oʻxshash.
Odam odamsimon maymunlardan oyoklarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa
pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq
suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq
barmoklarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi.
Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan
bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos
tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida
junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi.

Download 107.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling