Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens


Download 100.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi100.21 Kb.
#1009225
  1   2
Bog'liq
Odam - Vikipediya



Odam
Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (
lot.
ongli odam), 
sut emizuvchilar
sinfining 
Hominidae
oilasiga mansub 
primat
turidir. Odamlar 
abstrakt fikrlash

nutq

introspeksiya
qobiliyatli yuksak rivojlangan 
miyaga
 egadirlar. Bunday miya bilan odamlar 
mehnat qurollari
ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida
shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol
taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni 
antropologiya
fani
oʻrganadi.


Odamning hayvonlardan farqi.
Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut
emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi
boʻlishi, bosh barmoqlarining boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va
organlarning tuzilishi, ona qornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga
binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon
maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.
Odam odamsimon maymunlardan oyoqlarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida
boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining
kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoklarining bir qator
joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli
Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush
hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz

Download 100.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling