Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens


Download 100.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi100.21 Kb.
#1009225
1   2
Bog'liq
Odam - Vikipediya

Odam 
Qazilma davri: 
Pleystotsendan
Pioneer
kosmik kemlaridagi 
erkak
va 
ayol
surati.
{
Biologik klassifikatsiya
Trinomial nomi
Homo sapiens sapiens 
Linnaeus
, 1758


qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi
hisoblanadi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi qarashlar.
Odamning yaratilishi haqidagi diniy nazariya.
Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam
bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Oda mato va Momo havo Yer
yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda
vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo "oʻzining eng erka va
erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan", yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi
oʻrinbosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga aql-idrok bergan.
Odamning paydo bo'lishi haqidagi dunyoviy nazariya.
Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla
boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda
tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan
maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan.
Ingliz olimi Ch.Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin
qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi.
Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy
oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha,
antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy
mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.


Tik yurishga oʻtish Odam evolutsiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish
tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga
aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga
qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan ant-ropogenezda biologik omillar
taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.
Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. Odam ajdodlari azaldan tuda
boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat organiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga
oʻtishgan, yaʼni birgalikda ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan,
ularga hunar oʻrgatishgan. Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi Odam jagʻ suyaklari va
chaynash muskullari vaznini kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning
rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini
kengaytirgan; Odamlar oʻrta-sidagi oʻzaro munosabatlarning tezla-shuviga olib kelgan. Bu
jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sa-thi ortgan,
natijada ong, tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki Odamlar bundan 1—2
mln. yil ilgari, hozirgi Odam bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.
Odam evolyusiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan
parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar,
maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iklim sovib,


oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan. Odam paydo
boʻlishining 1-bosqichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyokda yurishga oʻtishidan iborat. Bu
bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan
avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Janubiy va Sharqiy
Afrika hamda Janubiy Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat
quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qadimgi odam pitekan-troplar (maymun Odamlar) bundan
1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti qoldiqlari Yava oroli, Afrika va Janubiy Yevropadan
topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan;
olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroqyashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar
tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miya-
si pitekantroplarga nisbatan yirikroq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab
Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan,
Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval
taxminan 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar
bundan 28 ming yil ilgari hozirgi Odamlar ora-sida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar
yordamida muloqot qilish-gan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan.
Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.
Hozirgi odamlar (kromanonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30—40 ming yil avval paydo
boʻlgan. Ular dastlab Fransiya janubidagi Kro-Manon qish-logʻidagi gʻordan topilgan.
Kromanonlar boʻyining bal. (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm³), pesho-nasining
keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlanganligi bilan sinantrop va
pi-tekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar
terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutki rivojlangan. Kromanonlar hozirgi Odamlar bilan birga aklli
Odam turiga kiradi.
Aklli Odam turi Yer yuzida keng tarqal-gan, lekin bir tekis tarkalmasdan, populyasiyalar (irklar)ni
hosil qilgan. Kromanonlar davrida mehnat qurollarining yanada takomillashuvi sunʼiy yashash
muxitining yaratilishi tufayli Odam evolyusiyasida biologik omillar taʼ-siri keskin kamayib, ijtimoiy
omillar taʼsiri kuchayadi. Antropogenez jarayonida serpushtlik kamayib, jinsiy balogʻatga yetish
sekinlashdi, bolalik davri va Odamning umri uzaydi. Hozirgi Odamning paydo boʻlishi bilan tabiiy
tanlanishning tur hosil qilish funksiyasi ham tugadi. Lekin Odam jismoniy tipining turgʻunligi nisbiy
boʻlib, tur do-irasida morfologiya va funksiyalar turli yoʻnalishda oʻzgarib turadi. Agar bu xidsagi
oʻzgarishlar ontogenezning tezlashuvi bilan bogʻliq boʻlsa, akseleratsiya deyiladi. Hozirgi davrda
tibbiyot fanlarining rivojlanishi Odam organizmini klonlash va uning genofondini oʻzgartirish bilan
bogʻliq boʻlgan ijtimoiy va etnik masalalarni oʻrtaga tashlamokda.
Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam gavdasi ham barcha xordalilar singari2 tomonlama
simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana


tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana — koʻkrak, qorin va
orqaga, qoʻl — yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq — son, tizza, boldir va panjaga boʻli-nadi.
Odam gavdasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Mac,
erkaklar gavdasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar gavdasi, aksincha,
nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Gavda tuzilishining dolxomorf (daroz),
braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin),
giperstenik (semiz, pa-kana), normostenik (normal) tiplari mavjud.
Odam gavdasi teri bilan qoplangan. Teri organizmni himoya qiladi, ayirish va termoregulyasiya
funksiyasida ham ishtirok etadi. Skelet tayanch funksiya-sini bajaradi, organizmga shakl berib
turadi. Suyaklar, ularni tutashtirib turuvchi paylar hamda muskullar bilan birga tayanchharakat
sistemasini hosil qiladi. Odam skeleti kalla (miya qutisi, yuz), tana (umurtqa pogʻonasi,
qovurgʻalar, toʻsh), qoʻl (yelka, bilak, tirsak, panja), oyoq (son, katta va kichik boldir, oyoq
panjasi), yelka kamari (oʻmrov, kurak) va oyoq kamari (chanoq) suyaklaridan iborat.
Tayanchharakat sistemasi tayanch, gavdani tik tutish, harakatlanish hamda himoya (miya qutisi,
umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasini hosil qiluvchi, cha-noq suyaklari) funksiyasini bajaradi. Kalla
suyagi miya qutisi va yuz boʻlimiga boʻlinadi. Miya qutisi pe-shona, ikkitadan tepa va chakka,
ensa, ponasimon va gʻalvirsimon yuz suyaklari bir juftdan yuqori jagʻ va yonoq, burun, kuz kosasi
suyaklaridan iborat. Yuqori va pastki jagʻlar tishlar bilan birgalikda ogʻiz boʻshligʻini qosil qiladi.
Kalla suyagining yuz qismida chaynash muskullari; koʻz, burun va ogʻiz atrofida mimika muskullari
joylashgan. Umurtqa pogʻonasi 33—34 ta umurtqadan iborat boʻlib, boʻyin (7 ta umurtqa),
koʻkrak (12), bel (5), dumgʻaza (5), dum (4—5) boʻlimlari bor. Dumgʻaza va dum umurtqalari
oʻzaro harakatsiz, boshqa umurtqalar chala harakatchan qoʻshiladi. Koʻkrak umurtqalari, 12 juft
qovurgʻalar va toʻsh suyagi koʻkrak boʻshligʻini oʻrab turadigan koʻkrak qafa-sini hosil qiladi.
Koʻkrak boʻshligʻi pastki tomondan diafragma orqali qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻkrak qafasi
devori ichki tomondan yupqa plevra parda bilan (qarang 
Nafas
), oʻpka ham xuddi shunday plevra
bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida yurak, yirik qon tomirlari, oʻpkalar, ularga keluvchi traxeya,
bronxlar, qiziloʻngach joylashgan. Koʻkrak qafasi devorining oldingi qismini koʻkrak muskullari
qoplab turadi. Koʻkrakning chap va oʻng tomonida sut bezlari boʻladi. Qovurgʻalarning umurtqalar
va toʻsh suyagi bilan yarim harakatchan birikkanligi va qovurgʻalar orasidagi muskullarning
qisqarishi sababli koʻkrak qafasining kengayishi va torayishi nati-jasida nafas olish sodir boʻladi.
Bel umurtqalari, keyingi qovurgʻalar va chanoq suyagining oldingi uchiga qorinning serbar
muskullari biri-kadi. Krrinning oldingi va yon de-vorlari muskullardan iborat. Bu mus-kullar ichki
organlarni ushlab turadi va qorin pressini hosil qildi. Qorin boʻshligʻini yuqoridan diafragma,
pastdan chanoq suyagi chegaralab turadi. Diafragma ostida jigar va oʻt pufagi, ulardan
chaprokda osh-qozon va taloq, pastrokda ingichka ichak joylashgan. Ingichka ichakni oʻng, chap
va yuqori tomondan yoʻgʻon ichak (chambar ichak) oʻrab turadi. Qorin boʻshligʻi devorini ichki
tomondan yupqa qorin pardasi qoplab olgan. Qorin boʻshligʻining orqa tomonida, bel
umurtqalarining 2 yonida bir juft buyrak joylashgan. Umurtqa po-gʻonasiga parallel ravishda


uning chap tomonidan qorin aortasi, oʻng tomonidan pastki kovak vena oʻtadi. Qorin
boʻshligʻining pastki qismi chanoq boʻshligʻiga aylangan. Unda qovuq, toʻgʻri ichak va ichki jinsiy
organlar (ayollarda bachadon, tuxumdonlar va naylar; erkaklarda prostata bezi, urugʻdonlar va
urugʻ oʻtkazuvchi naylar) joylashgan. Odam qoʻlining juda murakkab harakatlar qilishga
moslashganligi boʻgʻimlarning silindrsimon, sharsimon, chigʻirsimon harakatchan birikishi va ularni
harakatga kel-tiradigan muskullarning xilma-xil tuzilishiga bogʻliq.
Embrional rivojlanishi. Ota va ona jinsiy qujayralarning qoʻshilishi, yaʼni otalanishdan keyin hosil
boʻlgan zigota 2 jinsning belgilariga ega boʻladi. Zigota boʻlinishga kirishishi bilan embrional
rivojlanish boshlanadi. Urugʻlanishdan soʻng 6 kun oʻtgach, murtak bachadon boʻshligʻiga oʻtib,
uning shilliq pardasiga oʻrnashib oladi. Embrion pardasi va bachadon devoridan yoʻldosh
shakllanadi. Embrion kindik orqali yoʻldosh bilan tutashgan boʻladi. Yoʻldosh orqali ona organizmi
bilan embrion oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Odamning ona qornida
rivojlanishi oʻrtacha 280 kun, yaʼni 9 oydan koʻproq davom etib, bola tugʻilishi bilan tugallanadi.
Shu davrning dastlabki 8 haftasi murtaklik (embrion) davri, krlgan qismi xrmila davri deyiladi
(qarang 
Homiladorlik
). Embrionlik davrida murtak pardalari hosil boʻladi, yoʻldosh shakllana
boshlaydi, boʻlgʻuv-si homilaning toʻqimalari va organlari shakllanadi; hatto ulardan ayrimlari
ishlay boshlaydi (1-oy oxirida embrion yuragi ishga tushadi). Embrion boʻyi 2 mm ga yetganida
uning oʻq organi — xordasi va nerv sistemasining asosi boʻlgan nerv nayi yuzaga keladi. Bir
vaqtning oʻzida embrion varaklari ham shakllanib, ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari,
teri epi-teliysi, ogiz boʻshligʻi va orqa ichak epiteliysi; mezodermadan yurak, kon tomirlari,
skelet, muskullar, ayirish va jinsiy organlar; endodermadan ovqat hazm qilish sistemasi, hazm
bezlari, nafas organlari hosil boʻladi. Rivojlanishning 5-haftasidan boshlab qoʻl va oyoq, 7-
haftada barmoqlar shakllana boshlaydi, 8-haftada embrion tashki koʻrinishdan Odamga
oʻxshaydi; bu davrda uning boʻyi 4 sm, ogʻirligi 4—5 g boʻladi. 9-haftada embrion organlarining
shakllanishi tugallanadi. Shu davrdan boshlab embrionlik davri tu-gallanib, homila davri
boshlanadi. Homila tugʻilgandan soʻng Odam chaqaloqlik, goʻdaklik, bolalik, oʻspirinlik, yetuklik,
qarilik, keksalik davrlarini oʻtadi. Bolalik davrining uzoq davom etishi, jinsiy balogʻatga yetish
davrida boʻyiga oʻsishning tezlashuvi odam individual rivojlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.
Bolalik davrining Odam umriga nisbati 1:5 ga teng boʻladi. Odamda jinsiy dimorfizm gavdaning
umumiy oʻlchami va ayrim qismlari proporsiyasida (ayollarda chanoqning, erkaklarda yelkaning
kengligi), gavda ayrim qismlarining rivojlanishi (ayollarda teri osti yogʻ qavatining, erkaklarda
skelet va muskullarning yaxshi rivojlanganligi hamda muskul tolalari va yogʻ hujayralarining yirik
boʻlishi)da namoyon boʻladi.
Adabiyot
Manbalar

Download 100.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling