Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar


Download 15.61 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi15.61 Kb.
#236329
Bog'liq
fonetikadan nazorat yopiq savollar


Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar. (Didro)

1.Portlovchi til undoshlar nechta?

2. Yopiq bo’g’inlarda ovozdor undoshlar nechta?

3.Undoshlarni hosil qilishda eng muhim a’zolar qatnashgan tovushlar soni nechta?

4.Ochiq bo’g’inlarda lablanmagan unlilar nechta?

Kimki o’z Vataniga daxldor bo’lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.

1.Jarangsiz juftiga ega undoshlar nechta?

2.Gap nechta havo zarbi bilan aytiladi?

3.Jarangsiz juftiga ega bo’lgan nechta sirg’aluvchi undosh qo’llangan?

4.qator undosh qatnashgan so’zda nechta shovqindor tovush mavjud?

5. Fiziologik jihatdan undoshlar nechta so’zda bir guruhda?



Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi.

1.nechta so’zda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi?

2. jarangli undosh+unli+jarangsiz undosh qolipidagi bo’g’inlar sonini aniqlang.

3.faqat til undoshlari qatnashgan nechta so’z mavjud?

4.gapda nechta shovqindor undosh qatnashgan?

Seni xudo bergan menga, mening xalqimga,

Bandalari yo’qotolmas, tortib ololmas.

Seni xato baholagan – kulgi har kimga,

Senga ola qarabdi kim, ko’r bo’lmay qolmas.

1.Tovush o’zgarishlari soni nechta?

2.Tovush o’zgarishlari bo’lgan so’zlardagi jarangli portlovchi til oldi undoshlari nechta?

3.ham tovush o’zgarishiga uchragan, ham tovush o’zgarishiga uchramagan so’zlardagi jarangsiz sirg’aluvchilar nechta?

4. urg’usi dastlabki bo’g’inga tushadigan nechta so’z bor?

5. portlovchi+unli+ovozdor qolipidagi bo’g’inlar soni nechta?

Boshing egib, ta’zim ayla shukrona ayt, seni gulday erkalagan chaman uchun.

Osmonlarda yurgan bo’lsang, tuproqqa qayt, aytgil, do’stim, nima qildik vatan uchun



  1. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so’zda nechta jarangsiz shovqindor mavjud?

  2. Keng unlidan so’ng undosh tovushlarning hosil bo’lishida eng muhim sanalgan nutq a’zolari ishtirok etgan tovush nechta?

  3. ovozdor bilan boshlangan yopiq bo’g’inlar nechta?

  4. sirg’aluvchi til undoshlaridan nechtasi jarangsiz?

Download 15.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling