Odamlarni hayvonlarni va o'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati


Download 113.07 Kb.
bet2/6
Sana01.05.2023
Hajmi113.07 Kb.
#1419620
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Odamlarni hayvonlarni va o\'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati 22

Radioaktiv ifloslanish

Biosferaning radioaktiv ifloslanishi 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari portlashidan keyin kelib chiqdi.
1962-yilgacha atmosferada, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish, havoni global ravishda ifloslanishga olib keldi.
Atom bombasi portlashida, juda kuchli nurlanish vujudga keladi. Radioaktiv zarrachalar uzoq masofalarga tarqalib, suv havzalari, tuproq va tirik organizmlarni zararlaydi. Ko‘pgina radioaktiv izotoplarning yarim yetilish davri uzoq va juda xavfli hisoblanadi. Barcha izotoplar tabiatda moddalarning aylanishiga qo‘shilib ketib tirik organizmlarga o‘tib, ularning hujayralarini nobud qiladi. Ular orasida Strontsiy-90 juda xavfli bo‘lib, odam skeletidagi suyaklarda to‘planadi. Organizmning doimiy nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Radioaktiv tseziy-137 kaliyga yaqin bo‘lib, zararlangan hayvonlarning muskullarida ko‘p uchraydi. Alyaskadagi tub aholini tekshirishlar natijasida, ularning organizmlarida ancha miqdorda tseziy-137 uchrashi aniqlandi. Eskimoslar shimol bug‘usi go‘shti bilan ovqatlanadi.
Yadro quroli sinashning yana bir salbiy tomoni bor. Yadro portlashi jarayonida juda ko‘p miqdorda mayda chang hosil bo‘lib, ular atmosferada uzoq vaqtlargacha saqlanib, quyosh nurini yutib qoladi. Yadro qurollarining sinovdan o‘tkazish natijasida, uzoq muddatli sayyoramizning harorati pasayib ketish hodisasini kuzatish mumkin. Bu o‘z navbatida Yerdagi barcha tirik organizmlarni halok bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda sayyoramizning har qanday nuqtasi insonning turli ta’sirlariga duch kelgan. Bular orasida tabiiy biotsenozlarning buzilishi va atrof-muhitning ifloslanishi ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Biosfera inson faolligining ortib boruvchi kuchli ta’sirida turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalardan biri tabiatni saqlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ҳавонинг ифлосланиши инсон организмига зарар
font size decrease font size increase font size Print Add new comment
Ҳавонинг ифлосланиши инсон организмига зарар
Ҳавонинг ифлосланиши тириклик, инсониятнинг ҳаёти ва истиқболи учун ўта хавфли эканлигини донишманд бобокалонларимиз башорат қилиб ўтганлар.Уларнинг фикрича, ифлосланган ҳаводан нафас оладиган инсон, ҳайвонот ва ўсимликлар олами бора-бора нобуд бўлади, яшай олмасдан қирилиб кетади. Ҳавонинг ифлосланиши келиб чиқадиган жамики касалликларнинг манбаидир.
Атмосфера ер шарининг ҳаво қобиғи бўлиб, биосферада ҳаёт мавжудлигини таминловчи асосий манбалардан биридир. Атмосфера барча жонзотларни зарарли космик нурлардан ҳимоя қилиб туради, сайёра юзасидаги иссиқликни сақлайди.
Атмосферанинг ифлосланиши деганда унинг таркиби ва ҳоссаларининг инсон саломатлиги, ҳайвонлар, ўсимликлар ва экосистемаларга салбий таъсир кўрсатадиган ўзгариши тушунилади. Атмосфера табиий ва сунъий йўллар билан ифлосланади.
Вулқонлар отилиши, чанг тўзонлар, ўрмон, даштлардаги ёнғинлар, ўсимлик чанглари, микроорганизмлар, космик чанг ва бошқалар табиий ифлосланиш манбаларидир.
Сунъий ифлосланиш манбаларига энергетика, саноат корхоналари, транспорт, маиший чиқиндилар ва бошқалар киради.
Атмосферанинг энг хавфли ифлосланиши радиоактив ифлосланишдир. Радиоактив ифлосланишнинг асосий манбалари ядро қуролининг синовлари, атом эектростанцияларидаги фалокатлар ҳисобланади. Радиоактив ифлосланиш рак ва бошқа касалликларнинг ортишига олиб келади. Ҳавонинг кучли ифлосланиши инсон соғлиғига, барча жонзотларга салбий таъсир кўрсатади.
Radiatsion gigiyena — radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlarning inson organizmiga taʼsirini oʻrganadigan fan, gigiyenaning bir boʻlimi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan kishilar va umuman aholini nurlanishdan saqlash uchun sanitariyagigiyena qonunqoidalarini ishlab chiqadi.
R.g . mustaqil fan sifatida 1946 yil (AQShning Tinch okeanda oʻtkazgan yadro quroli sinovidan soʻng) yuzaga keldi. R.g ., asosan, ionlovchi nur manbalari boʻlgan korxona yoki muassasalar binosi, hududi va h.k.ning dozimetriyasi masalalari bilan shugʻullanadi, radioizotoplar, rentgen apparatlari, gamma nurlar bilan ishlaydigan ishchilarning individual dozimetriyasini nazorat qiladi, mehnat gigiyenasi muammolarini hal qilish va atom sanoati korxonalari, uran, toriy konlari, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa sanoat korxonalari ishchilarining radiatsion xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini koʻradi. Shuningdek, tashqi muhit (havo, yer, suv va oʻsimliklar) ni radioaktiv moddalar bilan ifloslanish jarayonlari va bu muhitning aholi sogʻligʻiga, inson nasliga taʼsirini oʻrganadi. Radioaktiv moddalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-ekspertiza qilish usullarini ishlab chiqadi va radioaktiv chiqindilarni yoʻqotish ustidan sanitariya nazorati olib boradi.[1]

Download 113.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling