Odamlarni hayvonlarni va o'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati


Download 113.07 Kb.
bet1/6
Sana01.05.2023
Hajmi113.07 Kb.
#1419620
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Odamlarni hayvonlarni va o\'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati 22


Odamlarni hayvonlarni va o'simliklarni radiaktivlar bilan zararlanish xususiyati


Reja:


  1. Radioaktiv ifloslanish. Radiatsiyani inson va xayvonlarga ta’siri

  2. Radiatsiya nima va radiatsiyaviy avariyalar

  3. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida

  4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar qo’llaniladigan tashkilotlarda paydo bo’luvchi o’choqlarning tasnifi.




Nurlanish — 1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam "N." termini bilan ataladi; 2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (q. Radiotoʻlqinlar); 3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.


N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi. Baʼzi N. dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning N. dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati).[1]
Radiatsiya o'zi nima? uyali telefon,televizor, mikravalnoviy pech,radio hattoki quyosh nuridan biz nurlanib qolamiz yani xozir dunyo bo'yicha statistik malumotlarga qaraganda insonlarni umriga zomin bo'layotgan ankalogik kasalliklar 2 o'rinda turibdi(rak,teri saratoni kabilar).Radiatsiyadan xech qayerga qochib qutilib bo'lmayabti.Lekin yaponiyalik olimlar tinmay izlanish natijasida bu nurlanishdan qanday ximoyalanishni yo'lini izlab topdilar
Radiatsiya bu elektromagnit nurlanish bo’lib, bunga chiroq, radionurlar, quyosh va kosmos nurlari kiradi.
Ularning kelib chiqishi: quyosh nurlanishi, tuproq, havo va xo’jalik faoliyatida qo’llaniladigan materiallar tarkibidagi radioaktiv elementlar.
Radiatsiya holati – belgilangan xavfsizlik me’yorlaridan yuqori bo’lgan hamda radioaktiv mahsulotlar va ionlashtiruvchi nurlarning paydo bo’lish(chiqishi)i favqulodda vaziyatga olib keladi. Dunyoning bir qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari ko’p. Ular atom elektr stansiyalari, yadro yoqilg’isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori mavjud bo’lgan ilmiy-tadqiqot institutlari va h.k..
Radiatsiyaviy avariya – uskuna nosozligi, xodimlarning xattiharakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi. Radioaktivlik miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim.

Radiatsiya (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. R.ning tirik organizmga taʼsiri R. dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. R. miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha R. kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi R. organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. R. dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va boshqalar) va boshqa ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.


Berk nurlanish manbalari (germetik nurlanish manbalari, rentgen qurilmalari, tezlatkichlar va boshqalar) dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish taʼsir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obʼyektni ekranlash kerak.
Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoʻli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin (q. Radioaktivlik). Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyasiya tizimlariga filtr qoʻyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur.
Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi (yana q. Radiatsion himoya).



Download 113.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling