Odamning nerv sistemasi va sezgi organlari


Download 31.93 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi31.93 Kb.
#239941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Odamning nerv tizimi va sezgi organlari

3. Sezgi organlari. Ma'lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko'ra juda rang-barang bo'ladi. Atrof- muhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog'liq. Bu bog'lanish sezgi organlari orqali ta'minlanadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta'sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.

Bosh miya po'stlog'ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to'plami joylashgan bo'lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi organlarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan: ta'sirotlarni qabul qiluvchi — retseptor, o'tkazuvchi qismi — sezuvchi nerv tolasi va analiz- sintez qiluvchi qismi — sezuvchi nerv markazlari.

1. Analizatorning periferik qismi, ya'ni retseptor. Bu maxsus nerv tuzilmasi bo'lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul, pay, ko'z, quloq, burun, til, ichki organlar va qon tomirlardevorida) joylashgan. Retseptorlarning soni juda ko'p, masalan,terining 1 sm sathida 200—400 tagacha, terining butun sathida esa 8 mln. ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki organlarda taxminan 1 mlrd. ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha o'zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.

2. Analizatorning o'tkazuvchi qismi — bu sezuvchi nerv tolasidan iborat bo'lib, u retseptordan ta'sirni qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o'tkazadi.

3. Analizatorning markaziy qismi miya po'stlog'ining turli sohalarida joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan muayyan sezgi organlaridagi retseptorlardan kelgan ta'sir analiz va sintez qilinib, ularning mazmuniga ko'ra javob reaksiyasi hosil bo'ladi.

Analizatorning yuqorida aytilgan uchala qismining qaysi biri shikastlansa (kasallansa), muayyan sezgi organi ning ish faoliyati buziladi.

Ko'rish analizatori (ko'rish organising ahamiyati. Ko'rish organi — ko'z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi; rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlari dan bahramand bo'ladi, tabiat go'zal- liklaridan zavqlanadi.

Ko'rish odamning mehnat faoliyatida muhim o'rin tutadi. Ko'rish orqali inson o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o'rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko'rish orqali odamning ichki dunyosi, uning tevarak-atrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi, fikrlash qobiliyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi.

Ko'zning tuzilishi. Ko'z bosh suyagining chuqurchasida — ko'z kosasida joylashgan. Ko'z ko'z soqqasi, ko'rish nervi va yordamchi qismlar: ko'z soqqasi ni harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan tuzilgan . Ko'z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi — fibroz, o'rta — qon tomir va ichki — to'rsimon pardalardan tashkil topgan. Ichki qismiga ko'z ichi suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tana kiradi. Fibroz pardaning oldingi qismida shox parda bo'ladi. Ko'z soqqasi ning ichki — to'rsimon pardasi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug'likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo'lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir.

Ko'zning funksiyasi. Ko'z bajaradigan funksiyasi ga ko'ra, ikki qismdan: ko'zning optik tizimi va retseptor qismidan iborat.

Ko'zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko'z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko'zga tushadigan yorug'lik nurini sindirib o'tkazadi va uni ko'zning ichki to'rpardasida joylashgan retseptorlarga to'plab beradi. Yorug'lik nurini sindirib o'tkazishda, ayniqsa, ko'z gavhari muhim o'rin tutadi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o'zgarishi akkomodatsiya deb atalib, u gavhar atrofini o'rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo'shashishi orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko'zning uzoqni va yaqinni ko'rish qobiliyatini ta'minlaydi.

Ko'z qorachig'i — ko'zning rangli pardasi o'rtasida joylashgan teshikcha bo'lib, uning atrofi aylana va to'g'ri yo'nalgan muskullar bilan o'ralgan. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko'rinishi va boshqa xususiyatlari ko'zning to'rpardasiga aniq o'tkaziladi.

Ko'zning ichki to'rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish xususiyati ga ega, ular ko'k, yashil va qizil ranglarni qabul qiladi.

Ko'rish o'tkirligi. Ko'rish o'tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo'shilib ketmasdan, alohida-alohida ko'rinishi uchun zarur bo'lgan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko'rish o'tkirligi normal bo'lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko'rish o'tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi. Aniqlash usuli laboratoriya mashg'ulotida berilgan.

Ko'zning ko'rish maydoni. Ko'zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko'ra olish xususiyati.

Ko'rish organi funksiyasining buzilishi. Yaqindan ko'rish (miopiya) holati tug'ma va hayotda orttirilgan bo'ladi. Uzoqdan ko'rish (gipermetropiya) holati, asosan, tug'ma bo'ladi, ammo keksalarda ko'z gavhari do'ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

Ba'zi odamlarda kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug'ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati buziladi (daltonizm kasalligi). Bu ko'pincha erkaklarda uchrab irsiy o'tadi.

Ko'rish gigiyenasi. Ko'rish qobiliyati me'yorida saqlanishi uchun quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim:

—yorug'likning yetarli (100—150 luks) bo'lishi;

—yorug'likning chap tomondan tushishi;

—kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarini ko'zdan o'rtacha 40 sm masofada tutish (har bir odamning ikki qarichiga teng masofada);

—o'qish, yozish, chizish, mashg'ulotlarida har 15 minutda ko'zga 15 daqiqa dam berib derazadan uzoqqa qarash;

—kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog', sabzi, qovoq)ni muntazam iste'mol qilish;

—avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o'qish yaramaydi. Bu vaqtda qo'ldagi kitob yoki jurnal, gazeta qimirlab turadi. Bu esa ko'z gavhari shaklining uzluksiz o'zgarib turishiga sabab bo'ladi va ko'zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, yotib o'qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko'rish ham ko'zni toliqtiradi;

—ko'zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu'lasidan, changdan va shunga o'xshash noqulay ta'sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko'zni qo'l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko'z qichishsa, toza bint yoki ro'molcha bilan avaylab ustidan silash mumkin;


Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling