Ulug‘bek:
Navro‘zda so‘kinmaydilar.
Nodira:
Navro‘zda nishonali qizga Navro‘z haydasini eltadilar.
Zarnigor:
Navro‘z oqshomi qarg‘anmaydilar.
Suhrob:
Navro‘z kuni ota-ona qabrini ziyorat qiladilar.
Bunyod:
Navro‘z kuni otni, itni urmaydilar.
Hulkar:
Navro‘zda g‘iybat qilmaydilar.
Ulug‘bek:
Navro‘z kuni ilonni o‘ldirmaydilar.
Zubayda:
Navro‘z kuni barra yalpiz teradilar.
Farida:
Navro‘z kuni qizil rangli kiyimlarni kiyishadi.
Asaloy :
Navro‘z kuni bemorlarga bayram taomlari jo‘natiladi.
1-suxandon:
Rahmat, bolalar, mana, javoblaringizdan bildikki, sizlar Navro‘z urf-odatlarini yaxshi o‘rganib olibsizlar. Ularga amal qilsangiz, nur ustiga bur bo‘lardi.
2-suxandon:
Endi sizlarning e’tiborlaringizga o‘zbek milliy raqsi “Lazgi”ni qizlarmiz ijrosida havola etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |