1-suxandon:
Assalomu alaykum, buvijon!
Buvi:
Va alaykum assalom, bolajonlarim! Kechirasizlar. Nevaram Xolidaxon bilan bir bemor o‘rtog‘imning ahvolini so‘rab o‘taylik degan edik. O‘sha yerda biroz ushlanib qoldik. Kela-kela qabristonga kirib, o‘tgan ajdodlarimizning ruhini shod etish uchun fotiha ham o‘qib keldik. Voy o‘zim aylanay sizlardan!
Kelayotsak, hamma yoq top-toza, saranjom-sarishta, daraxtlar oqlangan, taglari yumshatilgan. Biram quvondim. Aytganday, Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!
2-suxandon:
Rahmat, buvijon, doimo bardam-baquvvat bo‘ling, yana uzoq yillar yashang, bizlar xizmatingizda bo‘laylik!
(Shu payt qo‘lida boychechak ushlagan qizcha yugurib kelib, boychechakni buvisiga tutadi).
Nasiba:
Buvijon, boychechakni topdim-u, siz tomonga yugurdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |