Oddiy differensial tenglamalarning analitik yechimini maple dasturi yordamida topish


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/131
Sana08.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1253350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
maple kitob guliston



* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI, 2016. 
№ 1 *

Fizika, matematika va axborot texnologiyalari 
UDK 372.851: 372.800.2 
ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING ANALITIK YECHIMINI
MAPLE DASTURI YORDAMIDA TOPISH 
Z.T. Negmatulloyev, D.E. Abduraimov
Guliston davlat universiteti 
E-mail:
 negmatulloev2014@mail.ru 
Kompyuterning qo‘llanilish sohalaridan biri mexanik jarayonlarni va ob‘ektlarning matematik modellarini 
hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash 
matematikasi usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda mexanik jarayonlar va 
ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va shu asnoda, texnologik jarayonlarni 
takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari matematikaning roli ortib bormoqda. Shu jumladan 
matematikadan fizika, mexanika va astronomiya hamda iqtisodiy masalalarni yechishda, biologik jarayonlarni tahlil 
etishda va boshqa ko‘p sohalarda foydalaniladi. Bu sohalardagi jarayonlarning matematik modeli differensial 
tenglamalar nomi bilan yuritiladi. 
Ushbu ilmiy maqola hisoblash matematikasi va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarda qo‘llanilishiga 
bog`liq bo‘lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir (Proxorov va bosh., 2006). Maqolada oddiy differensial 
tenglamalarni Maple dasturi yordamida analitik va taqribiy yechish masalasi qaraladi. Quyida masalaning qo‘yilishi 
va uni yechishning ketma-
ket algoritmi keltirilgan. Oddiy differensial tenglamalarni yechish uchun zarur bo‘lgan 
hisoblash usullari tavsiflanadi. 
Tadqiqot ob‟ekti va qo„llaniladigan metodlar 
 
Tadqiqot ob‘ekti sifatida oddiy differensial tenglamalar, chegaraviy masalalar qaraladi. Tadqiqot 
metodlari: masalani yechishning aniq usullari, taqribiy-aniq usullari va sonli usullar.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling