Oddiy Inson Oddiy bo’lmagan she’rlar!
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Oddiy Insondan oddiy bo'lmagan she'rlar
Muhabbatga oshno qalblar! Mehr ko’zi ila boqar Sizga Bu nigohlar,bilmam, yoqar Sizga G’oyibona ko’nglingizda Olovlarni yoqar Sizda Kuni bo’yi hayolimni olgansizda Oshiq,g’arib bo’lgan mana bizda Ismingiz ham har on Bizning so’zimizda Ko’zingizni ko’rib qo’yib Yurakka o’t solib qo’yib Sog’inchlarga har nafasda To’yib-to’yib, Yuragimni oldingizda Aqlim olib qo’ydingizda Shirali bu so’zingiz Bol tomizgan labingiz Malohatli o’zingiz Ayting, menga, yurak amri, dil rozingiz Ko’rib Sizni bir umrga sevib qoldimda Buning ila Sizga oshiq bo’ldimda Ko’nglim to’la muhabbatga Siz keling! Bo’lsa bordir dil xirasi unuting! Sog’inch to’la yuragimni ovuting! Sana: 2020-yil May Go’zalim… Qiynamang, keling yonimda bo’ling Har lahza yurakda,yodimda bo’ling Baxtimda Men uchun yagona yoronim bo’ling Tabassum qilganda Sizni ko’rayin Men uchun hayotda yagona go’zalim gulim! Sizni sevayin men, birovga bermay Sizni ko’rayin men, sog’inchga to’ymay Ishoning, asrayman ko’z qorachig’imday Gar qo’limdan tutsangiz gumonlar qilmay Men uchun hayotda yagona go’zalim gulim! Yuragim dardlarga bermasdan avval Sevgi ham yurakdan ketmasdan avval Menga ishoning sevib, sevilib ko’ring Bo’lmasa yo bu olamda armonim bo’ling! Men uchun hayotda yagona go’zalim gulim! Ishqda yoning demayman Menga yor bo’ling deb majburlamayman Sizga bo’lgan sevgimdan ham tonmayman Kerak bo’lsa, jonim ham ayaymayman! Men uchun hayotda yagona go’zalim gulim! Muhabbatimdan keching yo qoling Kerak bo’lsa Allohga duo qiling Sizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi uchun Hojimuqonning qalbiga solgan Sevgisi uchun Yo muhabbat yo nafrat ila Javob qaytarmoq uchun Men uchun hayotda yagona go’zalim gulim! Mehribonlarim! Nima haqida yozay?! Sevgi, do’stlik, sadoqat va yoki oila haqidami!? Lekin bilmadim-u! bular haqida yozishga hozir yuragimda bir xohish yo’q! Ammo meni dunyoga kelishimga sababchi bo’lgan ikki inson haqida,bugun, yozmoqchiman! Bilganingizdek, ular mening ota-onam, mening mehribonlarim, yagona maqsadim, ularni doimo inoq va baxtli ko’rishdir. Hatto, buning uchun kerak bo’lsa, jonimni ham ayaymayman. Mening quvonchim, baxtim, boyligim,hayotim va barcha aziz tuyg’ularim ulardir. Men hamisha ularning farzandi bo’lishdan faxrlanaman. Kelajakda ham ularni yutuqlarimdan faxr ila boshlarini mag’rur ko’tarib yurishlarini xohlayman. Hattoki, bu dunyoning eng qimmatbaho boyliklarini ham onamning bir only quvonch ko’z yoshlariga almashmayman. To’g’ri, bu olamda eng kuchli tuyg’u tuyg’uni Muhabbat deb atashadi, Allohga bo’lgan sevgi birinchi; Rasululloh sallollohu alayhi vassallamga bo’lgan sevgi ikkinchi; ota-onaga bo’lgani esa uchinchi va keyin qolganlarga bo’lgan sevgi va muhabbat bor. Eh, odamlar kurashishdan bir oz to’xtab atrofingizga qarang, va yaqinlaringizni bir marta bo’lsa ham yo’qlab qo’ying! Ayniqsa, padari buzrukvoringiz va volidangizni! Yoshligingizni o’ylang, qanday ajoyib! Siz, hatto, yurishni, gapirishni va hatto ovqat yeyishni ham bilmaganingizda ular sizga ovqat yedirib, yurishingizga o’rgatib, bir og’iz dada va yoki oyi degan so’zingizni intizor bo’lib kutishgan. Ha, ular yiqilganimizda do’stimiz ustimizdan kulgan vaqtda Sizni turishingizga yordam bergan. Sizni bog’chaga yoki maktabga olib borishgan. Bolam men ko’rmagan joylarni ko’rsin, bilmaganimni bilsin deb. Ular ovqatlanayotganimizda bizni to’yib ovqatlansin deb o’zlari ovqat yemagan. Ular sizni, hatto, ulg’ayganingizda ham yosh, beg’ubor bola deb o’ylaydilar va mehribonlik qiladilar. Allohim O’zing ota-onamni panihingda asra!!! Ularga biror narsa bo’lsa mening yuragim buni ko’tara olmaydi! Sana: 2019yil 10-avgust 23:34 Hayotga boqaman!... Hayotga boqaman, seni o’ylayman Bu olam sen va men uchun Har dam bilaman Seni yonimda va yiroqda Sog’inaveraman! Sevaveraman! Dunyo o’zi shundayin Bir kun baxt, Keyin g’amgin tinmayin Yurakda alam,qo’limda Qalam Bo’ldi yetar bas,endi sani sevmayin! Seni nega sog’inaveraman! Ko’rganimda kulgu,o’sha g’amgin tuyg’u Oramizda uzoq masofalar! Qo’limda qalam, qilaman malham Axir, Yesterday, Love was such an easy game to play! Shukr deyman! Bugun chidab turolmadim,qalam ushladim Ilhomim yo’q,qofiyasiz she’rni boshladim Ko’ngildan tek,g’uborlarni yuvib tashladim Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Qo’limdan tek buyuk ishlar kelmasa ham Kelajakda buyuk olim bo’lmasam ham Qalbimda go’zal tilak bordir har dam Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Nafassizmas nafaslarim bemalol Harom emas yeganimdir bu halol Bandasan sen,axir,shuni,eh, tan ol Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! To’rt mucham but,yuragimda o’t Yashayapmiz,do’stim,sen qo’limdan tut Bari yolg’on gam-tashvishni birozga unut Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Ota-onam,yaqinlarim sog’ Cho’t emasdir yo’limda bir tog’ Musulmonmiz bo’laylik hamroh Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Seva olar bir go’zalim bor Alloh uchun sevishga,men,tayyor Sevib qolay bir umr bir bor Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Dunyolarda eng go’zal onam Bo’lsin deya mehribon bolam Doim yetsin Allohga nolam Shukr deyman, Allohimga behisob shukr! Davomi bor!.......................... Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling