Oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin


Download 34.21 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi34.21 Kb.
#1545077
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA
UNIVERSITETI
Mustaqil ish

Mavzu:_____________________________________________________

Bajardi:____________________
Qabul qildi:_________________

ANORGANIK BIRIKMALAR SINFI


Anorganik moddalar 2ga bo’linadinadi: oddiy va murakkab moddalar:
Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar
Oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy
jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan K, Na, Al,
H2, O2, O3, N2, S8 P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar
tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr) ko’p atomli (H2, N2, O2, O3,)
misol bo’lishi mumkin.Oddiy moddalar 2guruhga bo’linadi: metallar va
metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5-element B dan
85- element At ga qarab diagonal o’takizish kerak. Diogonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diogonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan.
Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon (N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar ) suyuq (Br2) va qattiq holda (qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslarqattiq holda molekular yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi.
Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddadir. UIlar metall kristal panjaraga ega.
Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonining turlicha bo’lishi yoki moddaning kristal tuzilishining turlicha ekanligidir.
Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o’zgarishlariga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod bir necha xil allotropic shakl o’zgarishlariga ega. Uglerod olmos holatida (sp3giridlangan) fazoviy tuzulishi zanjir (tetraedrik) hosil qilgan. Uglerod grafit holatida qavat qavat joylashgan. Har bir uglerod atomi qo’shni uchta atom bilan bog’langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo’sh bog’lar yordamida bog’langan.
Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Masalan: KOH, H2SO4, H2O HCl, Al2O3 va ,
Barcha murakkab moddalar asosan to’rt sinfga bo’linadi: oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar.
1.OKSIDLAR
Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. CuO - mis(|) oksidi, CuO mis(||) oksidi BaO bariy oksidi Mn2O7 marganes (Y||) oksidi.
Oksidlar to’rt guruhga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan Na2O2, K2O2 va Mn3o4,
ASOSLI OKSIDLAR
Oksidlariga asoslar to’g’ri keladigan birikmalar asosli oksidlar deyiladi.Asosli oksidlar barcha metallarning oksidlaridir.Har bir asosli oksidga asos to’g’ri keladi.

Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling