NaCl=Na++Cl- K3PO4= 3K++PO43-
CuSO4=Cu2++ SO42- Fe2(SO4)3=2Fe3++3SO42-
Al(NO3)3=Al3++SO42- Na2SO4=2Na++SO42-
FeCl3=Fe2++3Cl- MgSO4=Mg2++SO42-
K4P2O7=4K++P2O74-
Nomlanishi.Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4 –mis(11) sulfati;
Al(NO3)3 – alyuminiy nirati; Fe2(SO4)3- temir(Ш)sulfati; K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4 - temir (П) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki lyapis; Na2CO3 – natriy karbonat yoki soda;
Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi ,vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi.Nordon tuzlar ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi.Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi. Nordon tuzlarning dissotsilanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi. Nordon tuzlarni olishda ko’p asosli kislotalarga kuchli asoslar ta’sir ettiriladi.Reaksiyada kislotalar mo’l miqdorda olinadi.Reaksiya bosqichli borib avval nordon tuzlar keyin esa o’rta tuzlar olinadi.
КОН+H2S=KHS+H2O; NaOH+ H2SO4=NaHSO4+H2O
Nordon tuzlarni grafik formulasi yozish uchun shu tuz hosil qilgan kislotani grafik formulasini yozib olish kerak. So’ngra kislota qoldig’ini aniqlash va uni asosida nordon tuzni grafik formulasini yozish kerak.Oxirida shu kislota qoldig’iga metall atomi qo’yiladi.
Asosli tuzlar.Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi.Asosli tuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi.Ularni tarkibida metall atomi gidroksil guruhi va kislota qoldig’i mavjud bo’ladi.Bunday tuzlar quyidagi asoslardan olinishi mumkin: Mg(OH)2 MgOH1 MgOHCl magniygidroksi xlorid
Do'stlaringiz bilan baham: |