Oddiy shakllar. Oddiy ikki va uch qismli shakllar


Garmonik jihatdan shakl tonalligiga ko’ra yopiq, ichki qismlarda esa odatda tobe tonalliklarda modulyatsiyani o’z ichiga olgan bo’ladi. Strukturasi


Download 35.5 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1221140
1   2
Bog'liq
Oddiy shakllar. Oddiy ikki va uch qismli shakllar

Garmonik jihatdan shakl tonalligiga ko’ra yopiq, ichki qismlarda esa odatda tobe tonalliklarda modulyatsiyani o’z ichiga olgan bo’ladi.
Strukturasi esa boshdan-oyoq ancha murakkab holda bo’ladi. Eng oddiy hollarda chekka qismlari bir xildagi yoki deyarli bir xil cho’zimga ega bo’ladi. Lekin, repriza nixoyatda tez-tez sezilarli darajada o’zgarib, birinchi davriyaga qaraganda kengaygan bo’ladi. O’rta qism, ayniqsa rivojlantirish xarakteriga ega bo’lib, ko’pincha juda rivojlangan bo’ladi. SHuning uchun bu yerda umumiy mutanosiblik ikki qismli shaklga nisbatan olganda kamroq muvofiq keladi. Uch qismli shakl mavzuning individual xususiyatlariga va uning yuksalish xarakteriga ayniqsa qulay va oson moslashib ketadigan xususiyatga ega bo’ladi.
Oddiy uch qismli shakllarning muqaddimasi odatda qisqa bo’ladi va ikki qismli pg’esalarning muqaddimasiga taqqoslaydigan bo’lsak, deyarli hech qanday yangilik bo’lmaydi.
Kodalarda bahzan tegishli ravishda unga yakuniy xarakter baxsh etish uchun qayta ishlov berilgan, o’rta qismdan olinib, tizimli tarzda tartibga solingan materiallar ham uchraydi(CHaykovskiyning «Osennyaya pesnya» asari kodasi).
Oddiy uch qismli shakl, aftidan o’zining nihoyatda qulay ekanlngidan bo’lsa kerak, nihoyatda keng qo’llaniladi. U ko’pincha mustaqil tarzda kelgan kichik asarlarda, bahzan esa yirik asarlarda ham qo’llaniladi. Juda ko’p sonli prelyudiyalar, noktyurnlar, raqslar, marshlar, programma nomga ega bo’lgan pg’esalar, qo’shiqlar, romanslar, ariya va hokazolar mana shu shaklda yozilgan.
Uch qismli shakl turkumli asarlar (sonatalar, simfoniyalar)nnng ayrim yopiq qismlarida ham uchraydi.
Bundan tashqari, oddiy uch qismli shakl ancha yirik asarlariing tarkibiy qismi sifatida ham keladi (murakkab uch qismli shakl va rondo, kamroq sonata shaklida uchraydi).

Adabiyotlar ro’yxati:



    1. Sposobin I. Musiqa shakli. tarj. T.G’ofurbekov, T., 1982.

    2. Tyulin Yu. Bershatskaya T., Pustqlg’nik I., Pen A. Muzqkalg’naya forma. M., 1974.

    3. Mazelg’ L. Stroenie muzqkalg’nqx proizvedeniy. M., 1984.

4. Mazelg’ L., TSukkerman V. Analiz muzqkalg’nqx proizvedeniy. M., 1967.
5.Popova T. Muzqkalg’nqe janrq i formq. M., 1954.
Topshiriqlar:
1) mahruzani yodlash;
2) qo’shimcha adabiyotlarni o’qish;
3) B a x. № 1,6 prelyudiyalarini tahlil qilish.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling