Oddiy shuvoq


Download 17.68 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi17.68 Kb.
#100889
Bog'liq
issiriq


Isiriq

Oilasi:Tuyatovondoshlar oilasi,bóyi 20-60 smga yrtadigan ót ósimlik.Ildizi yaxshi rivojlangan 2 m chuqurlikda joylashgan,ayrim ma'lumotlarga kóra ildizi 10 m va undan kóp chuqurlikda boradi.Poyasi bir necha sershox.Barglari oddiy 4-5 bólakka bólingan patsimon ajralgan bólib,qisqa bandi yordamida,yuqoridagilari bandaid poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan.Oq yoki sarg'ish gullari shohlarining yuqori qismida yakka-yakka órnashgan.Mevasi sharsimon 3 chanoqli kósakcha.Urug'i mayda 3 qirrali qo'ng'ir-jigarrang usti tomoni notekis mayda chuqurchalari bor.May-iyun oylarida gullaydi,mevasi avgustda yetiladi.Xom-ashyo sifatida ósimlikning yer usti qismi va urug'i ishlatiladi.Markaziy osiyo adrlarida chóllarida,foydalanilmay qolgani ótloqlarda,tog'larning quyi qismida qumloq,toshloq,tuproqli joylarda ósadi,Tarkibida Garmin,peganin,garman,dezoksipeganin va boshqa alkoloidlar bor.

Ishlatilishi:ilmiy tabobatda asosan ajratib olgan alkoloidlari,betta peganin,dezoksipeganin,garman ishlatiladi.1%suv yordamida olingan yirik maydalangan ótidan olingan damlama kuchli bakteriotsid xususiyatiga ega.

Ekstrakt:Isiriq ótidan 96%li spirtda 1:1 nisbatda 21 kun tindirib kóyilgan ajratma tayyorlanadi.6-12 tomchidan 3 mahal shol,parkindimon,ensefalitimastit,shizofreniya,kasalliklarini davolashda qóllaniladi.

Maxsus yóq bilan olingan isiriq smolasi:Ósayotgan ósimlik ustiga teshiklari bor toģora yoki qozon yopib qòyiladi,ósimlik ósishini davom ettirib idishga smolalar ótiradi.Qirib olingan smolalar juda kóp kasalliklarga davo.Xalq tabobatida isiriq ótidan choy damlab ichilsa nevrasteniya,tutqanoq,zaxm,buyrak kasalliklari davolanadi.Isiriq urug'idan 7 dan 10 tagacha yutilsa,oshqozon-ichak,jigar kasalliklarini davolaydi.O't haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Oddiy shuvoq

Astradoshlar oilasi,bóyi 100-150 smga yetadigan kóp yillik òt ósimlik.Poyalari bir nechta qizģish rangli,yuqori qismi shoxlangan,tik ósadi.Poyasining órta va pastki qismidagi barglari bandli,ellipssimon,nishtarsimon,ótkir kuchli,tishsimon yoki tekis qirrali bólaklarga patsimon ajralgan.Hamma barglari poyasi bilan shoxlarda ketma-ket joylashgan.Ularning ustki tomoni tuksiz,tóq yashil,pastki tomoni sertuk oqish bóladi.Gullari mayda qizģish rangli,savatchaga tóplanib,róvak gul tóplamini hosil qiladi.Mevasi qónģir pista.Hom ashyo sifatida óti yiģib olinadi.Iyul oyida gullaydi mevasi sentabrda yetiladi.Markaziy osiyo respublikalaridagi tekisliklarda toģlarning órta qismigacha bólgan yerlarda,ariq bóylarida begona ót sifatida ósadi. Yer ustki qismi tarkibida efir moyi,karotin,vitamin C,alkoloidlar va boshqa moddalar bor.

Ishlatilishi:ósimlik hom ashiyosi tinchlantiruvchi,uyqu chaqiruvchi,ishtaha ochuvchi ta'sirga ega.

Xalq tabobatida ishlatilishi:



Damlama 1 osh qoshiq maydalangan oddiy ermon ótidan 500 ml qaynoq suvda 30 minut damlanadi va suziladi.Damlama bilan yiringli yaralarni yuvish va suyak bóģinlarini oģrishida kompress sifatida ishlatish tavsiya etiladi. 1-2 stakan damlamadan solib 1 bosh sarimsoq piyoz ezib solinadi va 3-5 minut qaynatib suziladi. Tayyorlangan dori shaklidan bolalar gijjasini tushurish uchun bir necha kun klizma(xukna)qilinadi.
Oddiy xmel(H.lupulus)

Bu poyasi óng tomonga qarab chirmashib ósuvchu,qishga yaqin hazon ósuvchi ildizpoyali lianadir.Uning tópgullari barg qóltiģidan chiqqan, 2 uylidir.Urģochi tópgul qubba yoki kallaksimon bóladi.Urģochi tópgullarining gulqórģoni barglari gullab bólganisan sóng tagi yonģoqchasini órab olgan va bir tomonga ósgan pardasimon qoplovchi bargga aylanadi.Erkak tópguli róvaksimon. Dekorativ ósimlik sifatida etiladi.Yovvoyi holda Órta Osiyoning toģli tumanlarida,Kavkazda,SSSR yevropa qismidagi keng bargli órmonlarda va Ğarbiy Sibirda ósadi.
Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling