Oddiy va murakkab moddalar


Download 88.33 Kb.
bet12/38
Sana15.03.2023
Hajmi88.33 Kb.
#1272138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
KIMYO - копия

6.ASOSLAR
1. Genetik o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan X va Y moddalarni toping.

A) KCl, Cu(OH)2; B) Cu(OH)2, H2O;
C) CuO, H2O; D) CuO, Cu(OH)2;
E) Cu2O, H2O.
2. Kislota va ishqor eritmalarida eriydigan d – elementlar birikmalarini ko’rsating.
1) Zn(OH)2, 2) Al(OH)3, 3) Cu(OH)2,
4) Cr(OH)3, 5) Mn(OH)2.
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 3,4 E) 4,5
3. Qaysi reaksiya natijasida asos hosil bo’ladi?
1. Na[Al(OH)4] + HCl → 2. CaO + CO2 + H2O →
3. Be + NaOH → 4. Cr2S3 + H2O →
5. SO2 + NaOH → 6. NH3 + HNO3
A) 1,4 B) 1,5 C) 2,6 D) 2,5 E) 3,6
4. Qaysi moddalar natriy ishqori bilan reaksiyaga kirishadi?
1. Si; 2. Cu; 3. SiO2; 4. FeO.
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4 E) 1,3.
5. Qaysi qatordagi hamma gidroksidlar ishqor bilan reaksiyaga kirishadi?
A) Fe(OH)2, Zn(OH)2, Al(OH)3;
B) Mg(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3;
C) Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3;
D) Fe(OH)3, Fe(OH)2, Al(OH)3;
E) Fe(OH)2, Cr(OH)3, Zn(OH)2.
6. Quyidagi reaksiyalarning hammasidagi birgina tushirib qoldirilgan moddani aniqlang.
+ CO2 → K2CO3 + H2O;
HCl + … → KCl + H2O
Al(OH)3 + … → K[Al(OH)4]
+ FeCl3 → Fe(OH)3 + KCl
A) K2O B) K C) K2CO3 D) KCl E) KOH
7. Quyidagi gazlarning qaysilari ishqor bilan reaksiyaga kirishadi?
1. N2O; 2. NO2; 3. NO; 4. C2H6; 5. CO2;
A) 1,2 B) 2,3 C) 2,5 D) 1,3 E) 3,5
8. Qaysi guruhdagi hamma moddalar KOH eritmasi bilan o’zaro reaksiyaga kirishadi?
A) magniy xlorid, soda, oltingugurt (VI) oksidi, rux sulfat, mis (II) xlorid;
B) sulfat kislota, fosfor (V) oksid, kremniy (IV) oksid, kaliy nitrat, kaliy sulfat;
C) vodorod xlorid, temir (III) sulfat, oltingugurt (VI) oksid, alyuminiy gidroksid, kaliy
gidrosulfid;
D) kaliy xlorid, temir (III) sulfat, oltingugurt (VI) oksid, alyuminiy gidroksid, kaliy gidrosulfid;
E) sulfat kislota, uglerod (IV) oksid, bariy gidroksid, fosfor (V) oksid, mis gidrokarbonat.
9. Qanday moddalar asoslar deyiladi?
A) metall atomlari va kislota qoldiqlaridan tashkil topgan moddalar;
B) bitta yoki bir nechta gidroksoguruhlar bilan birikkan metall atomlaridan tashkil topgan moddalar;
C) biri kislorod bo’lgan ikki elementdan tashkil topgan moddalar;
D) kislota va tuzlarning ta’sirida o’z rangini o’zgartiradigan moddalar;
E) qizdirilganda tuz va suv hosil qiluvchi murakkab moddalar.
10. Neytrallanish reaksiyalarining ta’rifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) kislota bilan asos ta’sirlashishi natijasida tuz va suv hosil bo’ladigan reaksiyalar;
B) kislota bilan metall orasida boradigan, natijada tuz va vodorod hosil bo’ladigan reaksiyalar;
C) modda suv bilan o’zaro reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan asos hosil qiladigan asosli oksid bilan suv orasida boradigan reaksiyalar;
E) vodorod bilan metallmaslar orasida boradigan reaksiyalar.
11. Keltirilgan fikrlardan qaysi birlari to’g’ri?
1. Suvda erimaydigan asoslar, odatda beqaror bo’ladi, qizdirilganda metall va suvga aylanadi.
2. Ishqorlar erimaydigan asoslardan farq qilib, o’rtacha qizdirilganda, odatda parchalanmaydi.
3. Suvda erimaydigan asoslar tegishli metallarga bevosita suv ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.
4. Ishqorlarning ko’pchiligi organik moddalarni yemiradi, eritmalari indikatorlarga ta’sir etadi.
5. Indikator rangining o’zgarishiga qarab, kislota bilan ishqor orasida reaksiya borayotganligi haqida fikr yuritish mumkin.
6. Ishqorlar aktiv metallarga bevosita suv ta’sir ettirib, suvda erimaydigan asoslar esa tegishli metall tuziga ishqor ta’sir ettirib olinadi.
7. suvda eriydigan asoslar tarkibiga odatdagi sharoitda suv bilan reaksiyaga kirishmaydigan metallar kiradi.
A) 3,4,6,7; B) 1,2,3,5; C) 2,3,4,6;
D) 2,4,5,6; E) 4,5,6,7.
12. Quyidagi gidroksidlardan qaysilari amfoter xossaga ega?
1) NH4OH; 2) KOH; 3) Be(OH)2;
4) Ca(OH)2; 5) Zn(OH)2; 6) Fe(OH)2;
7) Cr(OH)3; 8) Sn(OH)2
A) 1.3.5.7; B) 2.4.6.8; C) 2.3.5.7;
D) 1.2.4.6; E) 3.5.7.8.
13. Qaysi gidroksidlar amfoter xossaga ega?
A) Zn(OH)2, Cr(OH)3; B) Al(OH)3, Cr(OH)2:
C) Cr(OH)2 , Ca(OH)2; D) KOH, NaOH;
E) Ca(OH)2, Mn(OH)2;

Download 88.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling