Oddiy va murakkab moddalar
Download 88.33 Kb.
|
KIMYO - копия
7.TUZLAR
1. 3,1 g kalsiy fosfatdan ajratib olingan fosfor kislorod atmosferasida oksidlandi, bu oksid kaliy gidroksidning 20 ml hajmdagi 1,5 molyar eritmasida eritildi. Eritmada qanday mahsulotlar hosil bo’ladi? 1) kaliy fosfat; 2) kaliy gidrofosfat; 3) kaliy digidrofosfat; A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2 E) 2,3 2. 80 g 10% li natriy gidroksid (ρ=1 g/ml) eritmasidan 2,24 l vodorod sulfid o’tkazish natijasida qanday tuz va qanday massada (g) hosil bo’ladi? A) NaHS, 5,6; B) Na2S, 5,6; C) NaHS, 7,8; D) Na2S, 7,8; E) Na2S, 15,6. 3. 1,23 g fosfit (H3PO3) kislotani neytrallash uchun 1,68 g kaliy gidroksidi sarf bo’ldi. Bunda qanday tuz va necha gramm hosil bo’lgan? A) K3PO3; 1,68; B) K2HPO3; 2,97; C) KH2PO3; 1,2; D) K2HPO3; 2,37; E) KH2PO3; 1,8. 4. Nordon tuz hosil bo’lishi uchun 28 g kaliy gidroksid bo’lgan eritmada necha gramm vodorod sulfid yutilishi kerak? A) 34 g, B) 8,5 g, C) 25,5 g, D) 32 g, E) 17 g. 5. 5,1 g ammiak 9,8 g sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishgan. Bunda qancha yangi modda hosil bo’lgan? A) 13,2 g, B) 15,2 g, C) 25,5 g, D) 12,5 g, E) 11,3 g. 6. 1 mol kalsiy digidrofosfat bilan 2 mol kalsiy gidroksid orasidagi reaksiya natijasida qanday tuz hosil bo’ladi? A) kalsiy fosfat, B) kalsiy gidrofosfat, C) kalsiy gidroksofosfat, D) kalsiy digidrofosfat, E) moddalar orasida reaksiya oxirigacha bormaydi. 7. Qaysi javobda quyida nomi keltirilgan moddalarning formulalari tegishli tartibda ko’rsatilgan? 1) magniy karbonat; 2) temir (II) gidrokarbonat; 3) temir (III) sulfat; 4) kalsiy gidrofosfat; A) CaHPO4, Fe2(SO4)3, MgCO3, Fe(HCO3)2 B) MgCO3, Fe2(SO4)3, Fe(HCO3)2, Ca(H2PO4)2 C) MgCO3, Fe(HCO3)2, Fe2(SO4)3, CaHPO4 D) MgCO3, CaHPO4, Fe(HCO3)2, Fe2(SO4)3 E) Fe(HCO3)2, Ca3(PO4)2, FeSO4, MgCO3. 8. 1,47 g fosfat kislotani neytrallash uchun 1,2 g natriy ishqori sarflandi. Bunda qanday tuz hosil bo’lgan va uning massasi necha gramm? A) Na3PO4, 2,3; B) Na2HPO4, 2,67; C) NaH2PO4, 2,49; D) Na2HPO4, 2,13; E) NaH2PO4, 1,95. 9. Normal tuz hosil bo’lishi uchun tarkibida 28 g kaliy gidroksid bo’lgan eritmaga necha mol vodorod sulfid yutilishi kerak? A) 1 B) 2 C) 0,5 D) 0,4 E) 0,25 10. Qaysi reaksiyada asosli tuz hosil bo’lishi mumkin? A) KOH + H2SO4 → B) Ca(OH)2 + H3PO4 → C) KOH + CO2 → D) NaOH + H3PO4 → 11. Qanday modda yordamida Mg(HSO3)2 ni o’rta tuzga aylantirish mumkin? A) magniy gidroksid; B) sulfit kislota; C) natriy gidrosulfat; D) sulfat kislota; E) natriy sulfit. Download 88.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling