Oddiy va murakkab moddalar


VALENTLIK VA OKSIDLANISH DARAJASI


Download 88.33 Kb.
bet30/38
Sana15.03.2023
Hajmi88.33 Kb.
#1272138
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
KIMYO - копия

11.VALENTLIK VA OKSIDLANISH DARAJASI.
1. Quyidagilarning qaysi birida element valentligi to’g’ri tariflangan? Valentlik …
A) ayni element atomi bilan birikadigan vodorod atomlari soni orqali aniqlanadi;
B) element joylashgan guruhining tartib raqami bilan aniqlanadi;
C) atomning tashqi elektron pog’onasidagi toq elektronlar soni orqali aniqlanadi;
D) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomlarini biriktirib olish xossasi;
2. Peryodat kislotasida yodning valentligi qanday?
A) 0 B) 1 C) 3 D) 7
3. Keltirilgan birikmalarning qaysilarida oltingugurtning valentligi to’rtga teng?
1) Na2SO4; 2) SO2; 3) Al2(SO4)3;
4) K2SO3; 5) H2S;
A) 1,2; B) 3,4; C) 1,5; D) 2,4;
4. Qaysi qator faqat valentligi o’zgaruvchan elementlardan iborat?
A) K, C, S, N, P, Fe; B) Cu, Ba, N, Cl, Br, Cr;
C) C, Cr, Cu, P, S; D) Ca, Cu, C, H, F, O;
5. Quyidagi zarrachalarning qaysi birida uglerod atomining valentligi 3 ga teng?
A) HCOOH; B) CO; C) COS; D) HCN;
6. Keltirilgan elementlardan qaysilarining maksimal valentligi ularning joylashgan gruppa nomeridan katta bo’lishi mumkin?
A) Hg B) B C) Cu D) N
7. Quydigi birikmalardan to’rt valentli elementlarni ko’rsating.
1) Al2(SO4)3; 2) MnO(OH)2; 3) H2CrO4;
4) HClO4; 5) H2SiO3; 6) CH3OH;
A) Cr, Cl; B) S, Mn; C) Mn, Si, C; D) O, H;
8. Quyidagi birikmalarda qaysi element valentligi bir xil: azot (III) oksidi, kaliy sulfid, kalsiy karbonat, natriy nitrat.
A) azot; B) uglerod; C) kislorod; D) natriy;
9. Qaysi sababga ko’ra litiy, natriy, kaliy va neonning o’zgaruvchan valentli birikmalari mavjud emas?
A) ularning tashqi qobig’ida 1 yoki 8 ta elektroni bo’lgani uchun;
B) ularda ns→(n+1)p yoki np→(n+1)s qobiqchalar orasida elektronlar o’tishi mumkin emas;
C) oldingi B javobdagi jarayonda elektronlarni toq holatga o’tkazish uchun sarf bo’ladigan energiya kimyoviy bog’lanishda ajralib chiqdigan energiyadan katta bo’lganligi tufayli;
D) ular I yoki VIII gruppada joylashganligi tufayli;
10. Kislorod va azot atomlarining elektron tuzilishiga tayangan holda, ular uchun maksimal valentlik qiymatini aniqlang.
A) 4:4; B) 2:3; C) 2:4; D) 2:5.
11. Kovalent bog’lanishda valentlik nima bilan aniqlanadi?
A) tashqi pog’onadagi umumiy elektronlar soni bilan;
B) tashqi pog’onadagi juft elektronlar soni bilan;
C) barcha elektronlar soni bilan;
D) hosil bo’lgan umumiy elektron juftning soni bilan.
12. Asosiy gruppacha elementlari eng yuqori valentli birikma hosil qilganda kimyoviy bog’lanishda ularning qaysi elektronlari ishtirok etadi?
A) tashqi energetik pog’onadagi faqat juftlashgan elektronlari;
B) tashqi energetik pog’onadagi faqat juftlashmagan(toq) elektronlari;
C) tashqi energetik pog’onadagi hamma elektronlari;
D) tashqi va tashqaridan oldingi energetik pog’onadagi hamma elektronlari.
13. Yadro zaryadlari: 1) 16; 2) 9; va 3) 33 bo’lgan elementlarda valent elektronlar sonining ortib borishi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?
A) 1,2,3; B) 1,3,2; C) 2,3,1; D) 2,1,3.

Download 88.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling