MAVZU: BIRIKKAN AZOT TEXNOLOGIYASI
REJA:
- Azot sanoatining xomashyo manbalari va ishlatilishi
- Atmosfera azotini biriktirib olish usullari
- Ammiak sintezi
- Nitrat kislota ishlab chiqarish
XX asrning boshlarida atmosfera azotini biriktirib olishning uch usuli topildi: 1) sianamidli usul; 2) elektr yoy usuli; 3) ammiak sintezi usuli.
Sianamidli usulda (1904- yilda Frak va Karolar bu usulni kashf etishgan) yuqori haroratda ohakka ko‘mir qo‘shib maxsus pechlarda qizdiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan kalsiy karbid sianamidga aylanadi.
Kalsiy sianamid, sianamid — NH2CN ning hosilasi bo‘lib, kukunsimon kulrang modda
Shu usulga asoslangan birinchi ammiak zavodi 1905- yilda Italiyada qurilib ishga tushirildi. Uning mahsuldorligi 4 ming t/yilga teng bo‘ladi. Bu usulda ishlab chiqarilgan ammiak qimmatga tushar edi. 1 t. sianamidga 12 000 kVt/s elektr energiyasi sarflanadi.
Elektr yoy (plasma) usuli
Plazma usuliga asoslangan zavod 1905- yilda shimoliy Amerikada qurilib ishga tushirildi. Bu usulda ko'p energiy sarflanadi (1 t. NO olish uchun 60 000 kVt/s elektr energiya* sarflanadi), NO ning unumi past (5%) bo‘ladi. NO ning tannarxi qimmatga tushadi.
Ammiakli usulda N2 to‘g‘ridan to‘g‘ri H2 bilan biriktiriladli Bu harorat, bosim va katalizator ishtirokida boradi.
Bu usulda olingan ammiakning tannarxi ancha arzonga tushadi Hozirgi vaqtda bu usul ammiakni sanoatda ishlab chiqarishning birdan-bir usulidir.
Bu usulni ancha vaqtgacha qoilashning iloji bo'lmadi. Chunki bunda yuqori bosim (1000 atm. gacha) talab qilinardi. Yuqori bosimni faqatgina XX asming 10- yillarida hosil qilish mumkin bo'ldi.
Bu usulni birinchi bo‘lib, 1908- yilda nemis olimi Gaber kashf etdi, 1913- yilda uni ishlab chiqarishga tatbiq etdi. Bu kashfiyot uchun u 1920- yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu usulga asoslangan birinchi zavod Germaniyada qurildi, uning mahsuldorligi 20—25 t/sutkaga teng bo‘lib, reaksiya 200—225 atm. bosim va 550°C haroratda, katalizator ishtirokida olib boriladi. Sobiq ittifoqda birinchi ammiak sintezi zavodi 1927- yilda qurilib ishga tushirilgan.
Ammiak sintezi
Do'stlaringiz bilan baham: |