4-Mavzu: azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari reja


Download 15.69 Kb.
bet1/4
Sana12.11.2023
Hajmi15.69 Kb.
#1768990
  1   2   3   4
Bog'liq
4 Mavzu azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari r


4-Mavzu: azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari reja

4-Mavzu: AZOTLI O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING TURLARI


Reja:
  1. Azotli o’g’itlar turlari.




Tayanch so’zlar: Azotli o’g’itlar, atmosfera havosi, ammiak, nitrat kislota, qo’shimcha oziq, kalsiy sianamid


1. Azotli o’g’itlar turlari. Azot atmosfera havosining 78-79% ini tashkil etsada, o’simliklar uni erkin holatda qabul qila olmaydi. Azot o’simlik umumiy vaznining (quruq modda hisobida) 1-3% ni tashkil etib, tiriklik xususiyatiga ega oqsil tarkibining asosiy qismini egallaydi. U faqat oqsillar, fermentlar hosil bo’lishida ishtirok etmasdan, balki xlorofill molekulasi, vitaminlar, alkaloidlar tarkibida ham mavjuddir. O’simliklar azotni oziq sifatida nitrit (NO2-), nitrat (NO3-) anionlari va ammoniy kation (NH4+) shaklida o’zlashtiradi. havodagi NO2 va NH3 gazlarni o’simliklar o’zlashtirsada, ularning havodagi miqdori o’simliklarning azotga bo’lgan ehtiyojini to’la qondira olmaydi va shu sababli azot turli o’g’itlar shaklida tuproqqa solinadi. Tuproqqa solinadigan azotli o’g’itlar 3 guruhga bo’linadi:
  1. Nitrat kislota tuzlari - KNO3, NaNO3, Ca(NO3)2


  2. Ammoniyli tuzlar - (NH4)2SO4, NH4NO3.


  3. Organik moddalar tarkibidagi azot.




Ammiak (NH3) sintezi.
Ammiak olishda ishlatiladigan azotning asosiy manbai havodir. havo sovutilib (-90°C), uning tarkibidagi gaz holatidagi azot ajratib olinadi. Vodorod esa, asosiy xomashyo metan (CH4) gazidan olinadi.
Azot kislotasi olish esa gazsimon ammiak havo bilan qo’shilib, jarayon 300-1000 atmosfera bosimi va 400- 500°C haroratda amalga oshiriladi.

N2 + 3H2 2NH3.


Shu tarzda hosil qilingan ammiak, azot kislotasi olish uchun ham asosiy xomashyo bo’lib xizmat qiladi.

Azot kislotasi olish esa, gazsimon ammiak savo bilan birga aralashtirilib 800°C harorat va biroz pastroq bosimda, platina katalizatori yordamida, kontakt apparatida amalga oshiriladi.


4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O


Hosil bo’lgan azot 1 oksidi havo ishtirokida sovitilganda, azot (IV) oksidiga aylanadi. 2NO + O2=2NO2. Azot (IV) oksidi suv bilan qo’shilib nitrit va nitrat kislotasi hosil qiladi.

2NO2 + H2O HNO3 + HNO2


Azot kislotasi suvda yaxshi eriydi. O’g’itlash uchun solishtirma og’irligi 1,29-1,37 bo’lgan, 47-57% li azot kislotasi ishlatiladi.

Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling