CaC2 + N2 CaCN2 + C
Xom ashyo sifatidagi azot havodan, CaC2 esa ohak va ko’mirdan olinadi (CaO + 3C = CaC2). Bu o’g’it tarkibida 20-22% azot bor. kalsiy sianamid tashqi ko’rinishi jihatidan, yengil, qora yoki qoramtir-sariq rangli kukun bo’lib, ortish paytida kuchli changiydi, chang ko’zga va teriga tekkanda ko’zni yoshlatib, terini qizartirib, yara hosil qiladi. Bu o’g’it bilan ishlaganda himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Kalsiy sianamidning boshqa o’g’itlardan farqi shuki, u suvda yomon eriydi. Tuproqqa solinganda gidrolizlanadi va asta-sekin mochevinaga, keyin esa ammoniy karbonatga aylanadi. Bu o’g’itning fizik xususiyatlarini hisobga olib, sernam Tuproqlarga, kuzgi ekinlarga, sholiga solish tavsiya etiladi. Azotli o’g’itlar Tuproqqa qaysi shaklda solinmasin, ular nihoyasida nitratlar yoki ammoniyli formaga o’tib, keyin o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Azotli o’g’itlarning eng muhim xususiyatlarini quyidagi 69-jadvaldan ko’rish mumkin.
69-jadval
Azotli o’g’itlarning eng muhim xususiyatlari
O’g’itlar
|
Asosiy birikmalari
|
Azotning miqdori, %
|
Boshqa oziq moddalar miqdori
|
Suvda eruvchanligi
|
Nam
tortishi
|
Qotib qolishi
|
Ammiakli selitra
|
NH4NO3
|
34-35
|
-
|
juda tez
|
juda tez
|
tez
|
kalsiy selitra
|
Ca(NO3)2
|
13-15
|
20 Ca
|
tez
|
-
|
yopiq
idishda qotmaydi
|
Natriyli selitra
|
NaNO3
|
16,0
|
27 Na
|
tez
|
o’rtacha
|
uncha emas
|
Suvsiz ammiak
|
NH3
|
82
|
-
|
tez
|
-
|
-
|
Suvli ammiak
|
NH3+H2O
|
20
|
-
|
tez
|
-
|
-
|
Sulfat ammoniy
|
(NH4)2SO4
|
20-21
|
-
|
tez
|
juda sekin
|
sekin
|
Mochevina
(karbamid)(
|
NH2)2CO
|
46
|
-
|
juda tez
|
sekin
|
-
|
kalsiy sianamid
|
CaCN2
|
20-21
|
39 Ca
|
Suvda parch.
|
Juda sekin
|
-
|
70-jadval
Keng qo’llaniladigan azotli o’g’itlarning massasini
taxminiy o’lchash usullari, g
O’g’itlar turi
|
Stakan
(200 sm3)
|
Gugurt
qutisi
|
Osh qoshiq
(15 sm3)
|
Choy qoshiq
(5 sm3)
|
Ammoniy sulfat
|
186
|
19
|
14
|
5
|
Ammiak selitrasi
|
165
|
17
|
12
|
4
|
Mochevina
|
130
|
13
|
10
|
3
|
Nazorat savollari:
Azotli o’g’it olish manbalari.
Ammiakli azotli o’g’itlar olinishi xossalari.
Ammiakli selitra olinishi xossalari.
Ammoniy sulfatning xossalari olinishi.va saqlash haqida ma’lumot bering.
Ammoniy karbonat o’g’itining kamchiligi nimada?
Karbamid mochevinaning xossalari olinishi haqida ma’lumot bering.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |