4-Mavzu: azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari reja


Download 15.69 Kb.
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi15.69 Kb.
#1768990
1   2   3   4
Bog'liq
4 Mavzu azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari r

Ammiakli selitra - NH4NO3.
Ammiakli selitra gazsimon ammiakni azot kislota eritmasiga ta’sir ettirilib olinadi.
NH3 + HNO3 ------ NH4NO3.
Ammiakli selitra tarkibida 34% azot bo’lib, donador (diametri 1-3 mm) qilib ishlab chiqariladi. Oq yoki sarg’ish rangda bo’ladi. Suvda yaxshi eriydi, havodan namni oson tortadi. Shu sababli ham besh qavatli qog’oz yoki polietilen qoplarga joylanib, nam tortmaydigan, usti yopiq joylarda saqlanadi. Nam tortganda yoki baland taxlab saqlanganda, bosilib qotib qoladi. Ammiakli selitra boshqa o’g’itlar bilan birga yerga solish oldidan aralashtiriladi. Oson erib, tez ta’sir etuvchi o’g’it bo’lgani uchun ekinlarni vegetatsiya davrida u bilan oziqlash tavsiya etiladi.

Ammoniy sulfat- (NH4)2SO4.
Sulfat kislotasini ammiak bilan neytrallab olinadi.

2NH3 + H2SO4 (NH4)2SO4 + 274 kJ.


Uni gipsdan ham olish mumkin:

CaSO4 + (NH4)2CO3 (NH4)2SO4 + CaCO3. yoki


CaSO4 + 2NH3 + CO2 + H2O (NH4)2SO4 + CaCO3.
Ammoniy sulfat rangi oq, kul rang va yashil ranggacha bo’lgan kristall o’g’it bo’lib, tarkibida 20,5% azot bor. Havodan namni juda kam tortadi va kam bosiladi. Zavoddan yopiq vagonlarga ortib, jo’natiladi. Uni kuzgi ekinlarga, shuningdek, sabzavot va sholiga qo’llasa samara yuqori bo’ladi.

Ammoniy karbonat - (NH4)2CO3.
Tarkibida 24% azot bo’lib, bu o’g’itning kamchiligi, uning o’ta beqarorligidadir. U 58°C da parchalanib, ammoniy karbonat va gazsimon ammiak hosil qiladi. Uning o’simliklar uchun ahamiyati, tarkibida karbonat angidridning borligidadir.

Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling