Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
Oldingi tahrirga qarang.
Bitim taraflarining o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi. Elektron tizimlarda texnik nosozliklar bo‘lganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi. Agar murojaat qiluvchi tomonidan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qo‘llaniladi. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi. 25. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi: qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar; bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar; faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar. 26. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir. Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi. Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin. 27. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi. Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma belgilangan miqdordagi to‘lov undirilgandan so‘ng beriladi. 28. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning o‘zi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki to‘xtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi. 29. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda o‘zaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda, notarius sotib oluvchi taraf sotuvchining hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnoma hujjatlar yig‘majildiga tikiladi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling