Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]


-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi


Download 221.84 Kb.
bet25/70
Sana28.03.2023
Hajmi221.84 Kb.
#1304875
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
Bog'liq
kurs ishi dasturlash

6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius avtomototransport vositasi mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Notarius tomonidan bitimni tasdiqlash davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi va bu haqida bitimda aks ettiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
21. Jismoniy shaxslar o‘rtasida bitimni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi;
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan bo‘lsa — merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma.
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxo‘rlarga berilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxo‘rlar yoki ularning vakillari ishtirok etib, bitimni imzolaydilar.
22. Bitimni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, o‘ziyurar shassilar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar yo‘l qurilish mashinalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi ma’lumotnoma);
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lsa);
taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda avtomototransport vositasining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qo‘yilgan ma’lumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida ma’lumot ham talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
23. Budjet tashkilotlarining avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotiladi.
24. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yo‘qligi (beva ekanligi yoki bo‘ydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi: fuqaroning pasporti, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar. Ushbu ariza avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazayotgan fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.

Download 221.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling