Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Subyektlar
- Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
- 2-bob. Murojaat qilish tartibi
Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga 2-ILOVA Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi. 2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi. Bitim notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi. Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va video qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va video qayd etilishi lozim. 3. “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi. Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. 4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 2-bob. Murojaat qilish tartibi 5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tadi. 6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart. 7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin. 8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi. 9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Murojaat bo‘yicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi. 10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi: notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa; tegishli notarial harakat bo‘yicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa; manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling