Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi zamonaviy moliyaviy operatsiya va bitimlarni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish o‘ta muhimligini yana bir bor isbotladi


Download 35.83 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2023
Hajmi35.83 Kb.
#1418278
  1   2   3   4
Bog'liq
Jahon moliyaviy


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi zamonaviy moliyaviy operatsiya va bitimlarni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish o‘ta muhimligini yana bir bor isbotladi. Bozor iqtisodiyotining o‘zagi bo‘lgan moliyaviy operatsiya va bitimlarni o‘rganish va tahlil qilishda statistika fani faol qatnashadi. Statistika keng tarmoqli va ko‘p qirrali fan. Moliya statistikasi uning asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi.
Moliya statistikasi hujjatlar bilan tasdiqlangan moliya-iqtisodga tegishli turli ma’lumot va hisoblarga asoslangan moliyaviy operatsiya va bitimlarni mazmuni va tayinlanishi jihatidan o‘rganish, ularni miqdoriy tah lil etish bilan shug‘ullanadi.
Hanuzgacha statistika deganda ko‘pchilik ommaviy hodisa va voqealarni ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblashni tushunadi. Bu fikrda ma’lum ma’noda jon bor. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida biz umuman bozor natijalari, xususan, moliyaviy natijalarni baholashda individual ma’lumotlarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz va ular asosida xulosalar chiqaramiz. Hujjatlarga asoslangan xususiy ma’lumotlarni to‘plash va ular asosida hisobkitoblar olib borish oliy moliyaviy va aktuar hisob-kitoblar deyiladi.
Ushbu hisob-kitoblar statistika fanining tarkibiy tarmog‘i bo‘lib, eksport-import, investitsiyalar, kreditlar, sug‘urtalar, turli bitimlar, soliqlar, bank va valuta operatsiyalariga bog‘liq. Ular olinadigan foiz stavkalarini, kapital qo‘yilma, investitsiya va moliyaviy rentalarni, qarz, moliyaviy risk, sessiyalar, xalqaro trast operatsiyalari, diskret va kafolatli, faktoring va forfeyting, ijara, lizing, offshor va boshqa operatsiyalarni baholashda keng qo‘llaniladi.
Birjalar faoliyatini tahlil qilishda, alohida olingan kompaniya, aksiya, obligatsiya, sotuvchi va oluvchi riskini va daromadini (yoki yo‘qotgan summasini) baholashda oliy moliyaviy va aktuar hisobkitoblar havodek zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Shu bilan birga, ularning ma’lumotlari umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblashda, samarali moliyaviy sharoitlarni modellashtirishda va moliyaviy natijalar prognozini tuzishda, moliyaviy riskni oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishda hamda boshqa moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagi hisob-kitoblarni amalga oshirish va tahlil qilib, xulosalar chiqarish ushbu darslikning asosiy vazifasidir.
Darslik moliya va kredit, banklar va bank ishi, xalqaro valuta munosabatlari, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, sug‘urta, marketing, menejment, statistika va boshqa iqtisodiy mutaxassisliklarni o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan.
Moliya statistikasini o‘rganishda o‘quvchi ayrim qiyinchiliklarga va qarama-qarshi fikr va yo‘nalishlarga duch kelishi mumkin. Bu to‘g‘rida o‘quvchini oldindan ogohlantirib qo‘ymoqchimiz. Ushbu qiyinchiliklar turli korxona va tashkilotlar bozor sharoitiga har xil vaqt va sharoitda o‘tishi, bir paytning o‘zida xizmatlarning to‘liq pullik xizmatga aylantirilishi va ayni vaqtda imtiyozlarning saqlab qolinishi, bilim, sog‘liqni saqlash, uy-joy xo‘jaliklari to‘g‘risidagi xalq tushunchalarining evolutsiya yo‘li bilan o‘zgarishi, ularning moliyaviy faoliyatining mazmuni tubdan o‘zgarganligi va boshqalar bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, o‘quvchi faqat moliyaviy hisobkitoblar metodlarini o‘rganib qolmasdan, ularni qo‘llash sharoitlarining o‘zgarishini, hatto moliyaviy masalalar bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror va qonunlarni bilishi va shu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda statistik metodlarni qo‘llashi kerak.
Yana bir qiyinchilik, statistikaning umumiy metodlari va ko‘rsatkichlarini bilmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mushkul. Shuning uchun bu kursni o‘rganishdan oldin statistika nazariyasi, iqtisodiy statistikani o‘rganish taqozo etiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidovning o‘rganishlari doirasida 4 yillik islohotlar davomida O‘zbekiston bank-moliya tizimidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risida.

So‘nggi yillarda tijorat banklari e’tiborni bink-mijoz yoki mobil ilovalar kabi masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallariga qaratgan holda o‘z bizneslarini mijozlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha faol ravishda o‘zgartirmoqda. Ushbu faollik banklarda turli darajada namoyon bo‘layotganinin kuzatish mumkin.
O‘zbekiston bank sektorida ijobiy tendensiyalar 2016 yildayoq ko‘zga tashlangan edi. Biroq, davlat banklari O‘zbekistondagi milliy bank tizimining salbiy natijasining asosiy manbai bo‘lib qolmoqda.
Davlat aktivlariga ega bo‘lgan tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar ulushi hali ham yuqori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi yuqori konsentratsiya mavjudligi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 84 foizi hanuzgacha davlat ulushi mavjud banklarga tegishli, 64 foizi esa 5 ta yirik banklarga (Milliy bank, Asaka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank va Agro bank) tegishli. Davlat ulushi mavjud banklar depozitlarining kreditlariga nisbati 32,9 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich qariyb 96 foizni tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar depozitlari bank tizimidagi jami depozitlarning atigi 24 foizini tashkil etadi, bu YaIMning taxminan 5 foizini tashkil etadi. Bugungi kunda aholi jamg‘armalarini bank-moliya tizimiga jalb qilish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Download 35.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling