Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqichlar Subyektlar
- Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning
- 2-bob. Murojaat qilish tartibi
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga 4-ILOVA Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan ishonchnomalarni (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi. 2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi. Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi va ishonchnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi. Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga to‘liq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar to‘liq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni to‘liq audio va videoga qayd etilishi lozim. 3. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (keyingi o‘rinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi. Agar ishonchnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. 4. Ishonchnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2-bob. Murojaat qilish tartibi 5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga o‘zi kelib yozma ariza bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi o‘rinlarda — elektron tarmoq) ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi. 6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni jo‘natgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qo‘yilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin. 7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron ro‘yxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi. 8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart. 9. Murojaat qiluvchi tomonidan elektron tarmoq orqali ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni oldindan jo‘natgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Murojaat bo‘yicha tegishli hujjat loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qo‘yiladi. 10. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qo‘yilishi bo‘yicha elektron tarmoq orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish rad etiladi: notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qo‘yish, mol-mulkni boshqa shaklda o‘zgaga o‘tkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) mavjud bo‘lsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno; (10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim bo‘lgan hollarda qarzdorlik aniqlangan bo‘lsa; manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki to‘xtatib turilgan bo‘lsa. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling