Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi. 20. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar); merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma; er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnoma; sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi; ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi auksionda (kim oshdi savdosida) sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma; Oldingi tahrirga qarang. qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi; (20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son) qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) ko‘chirma; ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma; xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlar. (20-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 21. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi: agar mulkdor o‘ziga qarashli ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar ko‘chmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda; umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida ko‘chmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda; Oldingi tahrirga qarang. mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda. (21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling