Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Download 221.84 Kb.
|
kurs ishi dasturlash
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. (32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. (32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. (32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. (32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. (32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. (32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son) Oldingi tahrirga qarang. 321. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada ko‘rsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda; Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda. b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda: Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmaganda; boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan. Mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni sotib olishda o‘zaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi. “IT-visa”ga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” o‘rniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling