Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Ички ишлар органлари]
-bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo‘llanilishi
Download 298.5 Kb.
|
IIO qonuni lotin
4-bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo‘llanilishi
[ОКОЗ: 1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.11.00.00 Жиноят-процессуал қонунчилиги / 16.11.04.00 Процессуал мажбурлов (ушлаб туриш, эҳтиёт чоралари, лавозимидан четлатиш, мажбурий келтириш ва бошқалар)] [ТСЗ: 1.Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноят-процессуал қонунчилик] 18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish asoslari va tartibi Ichki ishlar organlari: jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda; o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni; qidiruvdagi shaxslarni; o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushgan shaxslarni; ma’muriy qamoq jazosini o‘tashdan, ma’muriy tarzda chiqarib yuborilishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda; jinoiy jazoni o‘tashdan, shuningdek o‘ziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yo‘sindagi majburlov choralarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni; aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega bo‘lmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda; favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni; umumiy harbiy majburiyatni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni; qo‘riqlanadigan ob’ektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni; o‘zini o‘zi o‘ldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi belgilariga ega bo‘lgan hamda o‘z harakatlari bilan o‘zi va atrofdagilar uchun xavf tug‘dirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi. Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali so‘zlashish yoki advokatiga yoxud yaqin qarindoshiga o‘zining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida xabar berish, ushlab turilgan paytidan e’tiboran himoyachiga (advokatga) ega bo‘lish huquqi, shuningdek qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi. Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. Ichki ishlar organlari voyaga etmagan shaxs ushlab turilgan har bir holat to‘g‘risida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol xabar beradi. Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ushlab turilganligi to‘g‘risida u harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qism qo‘mondonligiga xabar beradi. Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi. Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling