Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q


Download 0.66 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#210920
Bog'liq
Manalogik matn


Manalogik matn.

Mavzu:Tarixiy shaxslar mening tasavvurimda.

“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” juda chiroyli jumla to’g’rimi ? Bu gapning ortida bir olam ma’no yotadi, bularni so’z bilan tariflash qiyin albatta, lekin men tariflashga urinib korman.

Tarixiy shaxslarni tassavvurga sig’dirish ham juda mushkul vazifa lekin nima qilay boshqa ilojim yoq menga shu vazifa tushgan ishlashga majburman.

Yurtimizning rivojlanishiga hissa qo’shgan juda koplab tarixiy shaxslarimiz bor bular bilan faxrlansak arzidi. Shu paytta birinchi prezidentimizning buyuk iborasi yodga tushdi.

“O'zbeklarni savodsizga chiqargan millatlar ajdodlari oyoqlariga latta bog'lab yurganida, bizning ota-bobolarimiz yulduz sanashgan.” (I.A.Karimov)



Tarixda bizning buyuk ajdodlarimiz bor bularni sanab sanog’iga yetish qiyin . Sizlarga hozir tarixiy shaxslar haqida bilganlarim va tasavvurlarimni qisqa qisqa bayon etaman.

Amir Temur, Temur, Temurbek- (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevralOʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrta asrnng yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Sh.-Shaxri

Alisher Navoiy (1441-yil9-fevral 1501-yil3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Jaloliddin Manguberdi- Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198-1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi- Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad  (4-sentabr973KatXorazm, -13-dekabr1048Gʻazna) - X -XI asrning birinchi yarmida yashagan  Xorazmlik qomusiy olim. 7-Yoshida Quronni yod olgan. Beruniyning boy ilmiy merosi haligacha toʻla oʻrganilmagan.  Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Kopchilik odamlar Amerikani Xristofor Kolumb kashf qilgan deyishadi va ular qisman adashishadi. Amerikaning borligini Beruniy Kolumdan 600 yil-oldin Bashorat qilgan. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani Oʻzbekistonda alohida eʼtibor qozongan.

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abu Ali al-Husayn ibn Abd Allah ibn Sina al-Balxi; ) — o'rta osiyolik buyuk qomusiy olim[2], boshqa manbalarda esa, buxorolik fors[3] olim, tabib va faylasuf980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur. Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni „Avitsenna“ sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, „Tib qonunlari“ boʻlsada, „Shayh ar-Rais“ nomi, avvalambor, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.

Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan  o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.
 Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.  Qahramon ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz! Shu musaffo osmon, tinch kunlar uchun sizga tashakkur! Biz tinchligimizni asraymiz!

Manalogik matnni yozishda quyidagi materillardan foydalanildi.

1-Alisher Navoiy:Wikipedia.

2-Amir Temur:Wikipedia.



3-Jaloliddin Manguberdi:Wikipedia.



4-Abu Ali Ibn Sino:Wikipedia.



5-Abu Rayhon Beruniy: Wikipedia.



Mualliflik xuquqi: Imomaddinov Sardorbek.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling