Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жиноий қонунчилик]


Qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash bo‘yicha


Download 199.25 Kb.
bet35/39
Sana15.03.2023
Hajmi199.25 Kb.
#1271925
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
20 11.09.1998

Qonunda nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash bo‘yicha
37. JK 57-moddasiga muvofiq, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq jazo tayinlanishi mumkin.
Bunda, qonunga muvofiq, sudlar, nafaqat shaxs jinoyat sodir etish vaqtida ko‘zlagan motiv va maqsad, ayb shakli va darajasini, balki, aybdorning shaxsi, jinoyat ishtirokchilari orasidagi roli, jinoyat sodir etilish paytidagi yoki sodir etilganidan keyingi xulq-atvori, jinoyatni sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitni ham e’tiborga olishlari lozim.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi alohida holatlar ro‘yxati qonunda ko‘rsatilmaganligini nazarda tutib, sud qabul qilgan qarorini hukmda asoslantirgan holda jazoni yengillashtiruvchi ayrim holatni ham, ularning majmuini ham bunday holat sifatida tan olishi mumkin (masalan moddiy zararning to‘liq qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi, uning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatni ochishda faol ishtirok etganligi, jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-atvori, jabrlanuvchining sudlanuvchi bilan yarashganligi va h.k.).
Oldingi tahrirga qarang.
38. Jinoyat kodeksining 57-moddasida belgilangan qoidaga ko‘ra, ushbu kodeks Maxsus qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilmagan har qanday yengilroq asosiy jazo turi, jumladan, jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish kabi jazolar JK 44 — 49-moddalariga rioya qilingan holda tayinlanishi mumkin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
39. Sudlarga tushuntirilsinki:
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq jazo tayinlash paytida hukmning qaror qismida faqat Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (qismi, bandi) bo‘yicha JK 57-moddasi qo‘llanilib tayinlangan uzil-kesil jazo chorasi ko‘rsatilishi lozim bo‘lib, yengilroq jazo qo‘llash sabablari hukmning tavsif qismida ko‘rsatilishi kerak;
shaxs jinoyat qonunining turli moddalarida (moddasi qismlarida) ko‘zda tutilgan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun sudlanayotgan bo‘lsa, JK 57-moddasi jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan keyin emas, balki alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida qo‘llaniladi;
qonun sanksiyasida nazarda tutilganidan ham yengilroq asosiy jazoning tayinlanishi aybdorning harakatlari kvalifikatsiya qilinayotgan qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qo‘shimcha jazolarni tayinlash imkoniyatini istisno qilmaydi.

Download 199.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling