Odil Yoqubov qalamiga mansub mazkur asar qissa janrida yozilgan bo’lib, o’zida muhabbat mavzusini tarannum etadi. Asarda Muqaddas hamda Sharifjon kabi yoshlarning pok muhabbatlari qalamga olinadi
Download 13.46 Kb.
|
muqaddas
Muqaddas Odil Yoqubov qalamiga mansub mazkur asar qissa janrida yozilgan bo’lib, o’zida muhabbat mavzusini tarannum etadi. Asarda Muqaddas hamda Sharifjon kabi yoshlarning pok muhabbatlari qalamga olinadi. O’qishga kirish bahonasida tanishgan yoshlarning muhabbati tobora alanggalanib boraveradi. Imtihonda o’rin almashish, birga dars tayyorlash , imtihon natijalari qanday bo’lishiga qaramasdan dalda berish oradagi sevgi ko’prigini mustahkamlayveradi. Imtihon natijalariga ko’ra Muqaddasning o’qishga kirganidan xursand bo’lgan Sharifjon o’zining imtihondan o’tolmaganiga o’ksinadi. O’qishga kirolmagani uchun emas, balki Muqaddas bilan birga bo’lolmaslik qahramonning qalbini tirnaydi. Sharifjonning onasi-Rahimaxonning asriy orzusi esa o’g’lini o’qitib muhandis qilish, nafaqat orzusi balki urushda halok bo’lgan erining vasiyati ham edi. Shuning uchun ham Sharifning institutda domlalik qiluvchi otasi-Salim Karimovich ( Sharif odatda o’g’ay otasini shunday chaqiraradi)ga imtihonning so’nggi sharti- inshoni to’g’irlashni iltimos qiladi. O’g’lini boshqacha yaxshi ko’ruvchi ota bunga rozi bo’ladi. Sharif ishlayotgan zavod direktori Sulaymon Akramovich bu yo’lning xatoligini ularga tushuntirishga, agar pushaymonlikda qolsa Sharifga zavodga qaytishini va unga yordam berishini bildiradi. Rektor ro’yxatida o’z ismini ko’rib xursand bo’lgan yigit undan Muqaddasning nomini topolmay hafsalasi pir bo’ladi. Anglashilmovchilikni aniqlash uchun dekanatga borayotganida Muqaddasni ko’rib, qiz ko’zlaridagi ma’yuslik yuragini o’rtaydi. Sharifning o’qishga kirib, o’zining esa yuqori ball olishiga qaramay kirolmasligi Muqaddasni ham o’ylantiradi. Haqiqatni esa bir vaqtlar Muqaddasni kuzatib yurgan domla-Po’lat Azizov oshkor etadi. Muqaddasning o’rniga o’zining kirganini bilgan Sharifni vijdon azobi qiynaydi. Yigit xatosini tuzatishga qanchalik harakat qilmasin, Muqaddas endi o’qimasligini aytib oilasi yoniga- Bekovotga ketadi. Sharif esa barcha ishda o’zini aybdor sanab ishga qaytadi.Muqaddas ham zavodga lobarant bo’lib ishga kiradi. Yozuvchi ushbu asar orqali ikki yoshni yana qayta topishishiga umid bog’laydi. Dastavval kitobni Muqaddas o’qib chiqishini, Sharif qanchalik aybdor bo’lmasin uni kechrishini xohlaydi. Menimcha esa muhabbatning ko’zi ko’r bo’lishi asarda yaqqol tasvirlangan. Sharif ham aslida Muqaddas bilan birga bo’lish uchun imtihon javoblarini to’g’irlashga rozi bo’lmadimi? Ammo uning o’ylamay qilgan bu ishi bir muhabbatning intihosiga sabab bo’ldi. Zarafshon shahar 2-maktab 11-sinf o’quvchisi Jalolova Sadoqat Download 13.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling