Одоб ахлоқ кодекси янгиси


talablar 11-modda. Universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar


Download 54.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana19.06.2023
Hajmi54.87 Kb.
#1622610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

talablar
11-modda. Universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
Universitet xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan
zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni
tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin,
tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda,
shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga
turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing
yoki tatuirovkada Universitetga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, turli din va
konfessiya, submadaniyatlarga mansub bo‘lgan libos, shu bilan birga sport kiyimi
va poyabzallarida kelish ham taqiqlanadi. Universitet xodimi, talabasi va doktoranti
bo‘lgan xotin-qizlarga ortiqcha pardoz (makiyaj) qilishga va ro‘mol o‘rashga (yaqin
insonlari vafot etganligi yoki sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno) yo‘l
qo‘yilmaydi.
Talaba-qizlar Universitetga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda,
tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda
kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari
shart.


5
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och
jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum,
galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan
zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim
(plash, paltokurtka kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda,
pokiza bo‘lishi lozim.

Download 54.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling