Одоб ахлоқ кодекси янгиси


-modda. Akademik ta’qib va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi


Download 54.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana19.06.2023
Hajmi54.87 Kb.
#1622610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
одоб ахлоқ кодекси янгиси2022.07.05

20-modda. Akademik ta’qib va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi
Universitet hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni
ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq to‘lamasdan ularning mehnat
kuchidan foydalanish (Universitet va unga biriktirilgan boshqa hududda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik
standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi
tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat
etilganida, talabalar tomonidan bunday so‘rovga rad javobining berilishi pedagog
xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashg‘ulotida past baho qo‘yish yoki boshqa
turdagi tazyiq va ta’qib (academic harassment) qilish bilan bog‘liq munosabat
ko‘rsatilishiga imkon bermaydi va bunday ta’qib qattiq qoralanadi.
21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish
Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun
qat’iyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda
pedagog xodimning ruxsati bilangina ruxsat etilishi mumkin.
Talabalar quyidagi qoyidalarni buzgan taqdirda universitetning ichki mehnat
tartib qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi:
- universitetning nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizim holatlarini
suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoish etish yo‘li bilan zarar
yetkazish;
- yoshlar
o‘rtasida
ma’naviy-axloqiy
xislatlarni
buzuvchi,
zo‘ravonlik,
shavqatsizlik va pornografik, shuningdek reksion-sektant, soxta diniy mafkurani targ‘ib
qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi materiallardan iborat bo‘lgan,
ko‘rgazma fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma suratli
tasvirlar, ovozli videoroliklarni namoyish etish, tarqatish va qo‘llash qat’iy


10
ta’qiqlanadi.

Download 54.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling