Odob-axloq qoidalari


Download 3.91 Mb.
Sana14.08.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1667060
Bog'liq
№ 41 odob axloq profilaktik tadbir 20.04.2023


SamDUKF Biznensi boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetida o‘tkazilgan filial ustavi, Ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari”ni mazmun-mohiyatini tushuntirish mavzusida profilaktik tadbir
BAYONNOMA№ 103
SamDUKF Biznesni
boshqarish va axborot
texnologiyalari fakulteti 20.04.2023
Qatnashdilar: Filial profilaktika noziri, katta leytenant E.Bahriyev , fakultet yoshlari masalalarri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jabborov, “ Biznesni boshqarish” kafedrasi o‘qituvchilari, fakultet tyutorlari B.Yuldashov, F.Ismatov hamda fakultetninng 58 nafar talabalari
Kun tartibi:

  1. Talabalarda filial ichki tartib qoidalari haqida qat’iy ko‘nikma hosil qilishlari uchun Ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari”ni mazmun-mohiyatini tushuntirish kabi mavzularda profilaktik tadbirlar tashkillashtirish.

  2. Talabalarning ushbu mavzular yuzasidan olgan fikr mulohazalarini tinglash va o‘rganish.

Talabalarda filial ichki tartib qoidalariga qat’iy amal qqilishlarini naazorat qilish maqsadida 20-aprel sanasida filial profilaktika noziri, katta leytenant E.Bahriyev tomonidan Biznesni bopshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti Ijtimoiy yo‘nalishining 21-16,17,18-guruhlari talabalariga filial Ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalarini mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni fakultet yoshlari masalalarri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jabborov ochib berdi.
So‘zga chiqdi: filial filial profilaktika noziri, katta leytenant E.Bahriyev: “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli qaror va buyruqlari, OTMning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
Yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli xalokatli taxdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya kilishga ko’maklashishdan iborat.
OTMda hamjihatlik, o’zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g’amxo’rlik qilish xamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o’zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir”.
OTMda o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining so’z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni xaqorat qilish, o’zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so’zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish xuquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va xokazo.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la ravishda javob olishdi.


Qaror qilindi:

  1. Talabalarda filial ichki tartib qoidalari haqida qat’iy ko‘nikma hosil qilishlari uchun Ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari”ni mazmun-mohiyatini tushuntirish kabi mavzularda profilaktik tadbirlar tashkillashtirilsin.

  2. Talabalarning ushbu mavzular yuzasidan olgan fikr mulohazalari tinglansin va o‘rganib chiqilsin.

  3. Yuqorida qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash fakultet yoshlari masalalarri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jabborov zimmasiga yulatilsin.

Fakultet dekani S.Rajabov


Dekan o‘rinbosari A.Jabborov
Fakultet tyutori B.Yuldashov
Fakultet tyutori F.Ismatov


Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling