Of the republic of uzbekistan
Download 53.9 Kb.
|
ОТМ ларга таҳлил Электрон кутубхона хати
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION
- Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (ro‘yxat bo‘yicha)
- Vazirning birinchi o‘rinbosari K.Karimov
2022-yil ____-____________ _______________-son Oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (ro‘yxat bo‘yicha) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 225-son buyrug‘i bilan vazirlik huzurida “Elektron kutubxona” platformasi tashkil etildi hamda joriy yilning 1-noyabr kuniga qadar qonunchilik me’yorlari asosida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxona fondidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni platformaga kiritish vazifasi yuklatilgan. Barcha davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxona fondida 3 mln. nomga yaqin o‘quv va ilmiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, joriy yil 1-noyabr holatiga ko‘ra “Elektron kutubxona” platformasiga tanlangan 67 ta oliy ta’lim muassasalari tomonidan 345900 nomdagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar (ma’lumot ilova qilinadi) joylashtirilgan. Tahlillarga ko‘ra, ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan masalaga sovuqqonlik bilan yondashishi va ishni to‘g‘ri tashkil etilmaganligi, vazifani faqat axborot-resurs markazi zimmasiga yuklab qo‘yilganligi sababli belgilangan topshiriq o‘z vaqtida bajarilmasdan qolmoqda. Shu boisdan Sizdan, “Elektron kutubxona” platformasiga o‘quv va ilmiy adabiyotlarni joylashtirish holati bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida tanqidiy tahlil qilish, o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan rahbar-xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilish hamda қисқа муддатларда қонунчилик меъёрлари асосида ахборот-ресурс маркази фондидаги барча ўқув ва илмий адабиётларни платформага тўлиқ киритилишини таъминлаш choralarini ko‘rish so‘raladi. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan malumotni hamd o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan rahbar-xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘risida ma’lumotni joriy yilning 10 noyabr kuniga qadar vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi (arm@rmedu.uz)ga taqdim etishingizni so‘rayman. Ilova 2 bet. Vazirning birinchi o‘rinbosari K.Karimov Ijrochi: A.Eshmurodov Tel: 71 207-03-43 (107) Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling