Ofis dasturlarining yangi versiyalari


Excel dasturi va uning imkoniyatlari


Download 1.23 Mb.
bet12/20
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1009897
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI ISHLAYDIGAN DASTURI HAQIDA

Excel dasturi va uning imkoniyatlari


Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi.1983 yil LOTUS firmasining 1 – 2 – 3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan
EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfidagi eng kuchli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.
EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi - yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin.
EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir.
Undan ishbilarmonlar, o’qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar.
Uning yordamida turli xildagi riyxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish biznes korxonalarini rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentasion materiallar tayyorlash mumkin. Xullas, EXCEL qulay elektron jadvaldir.
Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi matn prosessordek, shriftlarni o’zgartirish mumkin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko’pincha (agar sizda rangli printer bo’lsa) ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarga rasmlar quya qilish va hokazolarni bajarish mumkin.
EXCEL hujjatlari ,ya’ni qayta ishlash obyektlari bo’lib ixtiyoriy nomli ,.XLS kengaytmali fayl hisoblanadi. Bunday fayl ishchi kitob deb ataladi.
MS Excel 2003 dasturida elektron jadval kompyuter xotirasida joylashgan 1 dan 16384 gacha raqamlangan satrlardan va lotin harflari A, B, ..., Z, AA , AB, ... deb raqamlangan 256 ta ustundan iborat edi.
MS Excel 2007 dasturida esa 16,4 ming ustun va 1 mln.dan ortiq satr mavjud MS Excel 2013 va unyan yangi versiyalarida esa ustun va satrlar miqdori cheklanmagan.
Ustun va satrlar kesishish joyida yacheyka (katak) joylashgan. Ixtiyoriy katakka boshlang’ich qiymatlar son yoki matn, shuningdek, ixtiyoriy axborotni hisoblash uchun formula kiritish mumkin. Ustun kengligi va satr balandligini o’zgartirish mumkin.
MS Excel dasturida qo’llash mumkin bo’lgan asosiy imkoniyatlar:

  • katta hisoblash ishlarini talab qiluvchi masalalarni yechish; (hisobotlar yaratish, natijalarni tahlil qilish);

  • diagramma yaratish;

  • ro’yhatlari tashkil etish (murakkab tuzilishdagi ro’yhatlarni yaratish va foydalanish);

  • boshqa turdagi ma’lumotlar bilan ishlash (har xil turdagi manbalardan ko’plab ma’lumotlarni import qilish);

  • rasmlar va sxemalarni yaratish (SmartArt shakl va obyektlari);

  • murakkab masalalarni bajarishni avtomatlashtirish (makroslar yordamida).

Microsoft Excel 2013 jadval prosessori interfeysi


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling