Ofis dasturlarining yangi versiyalari
Kо’rib chiqish va qayta tiklash vositalari
Download 1.23 Mb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI ISHLAYDIGAN DASTURI HAQIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagnostika vositalari
- Nazorat (monitoring) vositalari.
- О’rnatish monitorlari.
Kо’rib chiqish va qayta tiklash vositalari. Odatda, ma’lumot fayllari bilan ishlash uchun ularni bu fayllar yordamida tuzilgan "ota-ona" amaliy tizimga yuklash kerak. Bu esa hujjatlarni kо’rib chiqish va ularga о’zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Ammo tahrirsiz faqat kо’rib chiqish talab qilingan hollarda turli tipdagi hujjatlarni kо’rib chiqish imkonini beruvchi ancha sodda va universal vositalarni ishlatish qulaydir.
Ovozni yoki tasvirni yozish hamda ayrim hollarda esa kо’rib chiqish termini о’rniga hujjatlarni qayta tiklash termini qо’llaniladi. Diagnostika vositalari dasturiy va apparat ta’minotlari diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mо’ljallangan. Ular zarur bо’lgan tekshirishlarni о’tkazadi, tо’plangan axborotni qulay va kо’rgazmali shaklda chiqarib beradi. Ulardan faqat nosozliklarni bartaraf etish uchungina emas, balki kompyuter tizimini optimallashtirish uchun ham foydalanadilar. Nazorat (monitoring) vositalari. Nazoratning dasturiy vositalari monitoring deb ataladi. Kompyuter tizimida rо’y berayotgan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil yondashuv bо’lishi mumkin. Bular: real-vaqt rejimida kuzatuv va maxsus-bayon fayli natijalariga yozib borib nazorat qilish. Birinchi yondashuvdan, odatda, hisoblash texnikasi ishini optimallashtirish va uning samaradorligini kо’tarish yo’llari izlanayotganda foydalaniladi. Ikkinchi yondashuvni monitoring avtomatik va masofadan turib amalga oshirilayotganda ishlatadi. Keyingi holda monitoring natijalarini uzoqda joylashgan texnik qо’llabquvvatlash xizmatiga dasturiy va apparat ta’minotlari ishidagi nizolarining sabablarini bartaraf etish uchun berish mumkin. Real vaqt rejimida ishlaydigan monitoring vositalari kompyuter bilan ishlash usullarini amaliy о’rganish uchun alohida foydalidir, chunki ular, odatda, foydalanuvchining kо’zlaridan pinhon bо’lgan jarayonlarni kо’rgazmali ravishda, yaqqol aks ettirish imkonini beradi. О’rnatish monitorlari. Bu toifadagi dasturlar dasturiy ta’minotning о’rnatilishi ustidan nazorat qilish uchun mо’ljallangan. Ushbu dasturiy ta’minotga zarurat shu bilan bog’liqki, turli toifadagi dasturiy ta’minotlar о’rtasida aloqalarni о’rnatishi mumkin. Vertikal (darajalar о’rtasidagi) aloqalar barcha kompyuterlarning ishlashi uchun zarur shartdir. Gorizontal (darajalar ichidagi) aloqalar aynan bir xil resurslarning turli dasturiy vositalar tomonidan birgalikda ishlatilishi tamoyilini qо’llab-quvvatlovchi amallar tizimi bilan ishlovchi kompyuterlar uchun xarakterlidir. U holda ham, boshqa hollarda ham dasturiy ta’minot о’rnatilayotganida yoki olib tashlanayotganida boshqa dusturlarning ish qobiliyatida buzilishlar rо’y berishi mumkin. О’rnatish monitorlari о’rab turgan dasturiy muhitning holati va unda rо’y berayotgan о’zgarishlarni kuzatadi, yangi aloqalarning paydo bо’lishini о’rganadi hamda bayonlashtiradi va dasturlar о’rnatilishi natijasida yo’qotilgan aloqalarni tiklash imkonini beradi. Dasturlarni о’rnatish va olib tashlashni boshqarishning sodda vositalari, odatda, amallar tizimi tarkibiga kiradi va dasturiy ta’minotning tizimli darajasida joylashtiriladi, ammo ular kamdan-kam hollardagina yetarlicha bо’ladi. Shuning uchun yuqori darajada ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash texnikasi vositalarida qо’shimcha xizmat dasturlaridan foydalaniladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling