Ogahiy (1809-1874)
Munis Xorazmiy (1778-1829)
Download 22.45 Kb.
|
Ogahiy
Munis Xorazmiy (1778-1829)Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmdayashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va marifatparvardir. Munis o‘zbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli o‘rinni egallaydi. U muarrix sifatida o‘zining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildi, pedagog sifatida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi. Munisning hayoti va ijodini o‘rganar ekanmiz, avvalo uning adabiy va tarixiy asarlariga murojaat qilamiz. U o‘zining “Munis ul-ushshoq” devoniga yozilgan so‘zboshida va “Firdavs ul-iqbol” nomli tarixiy asarida tarjimai holiga oid anchagina ma’lumotlar keltirgan. Munis 1778 yili Xivada tug‘ildi. “U Xivadagi Qiyot qishloqlik Avazbiy Mirobning o‘g‘lidir”. Uning ota-bobolari xonlar saroyida miroblik ishlarini boshqarib kelganlar. U yoshlik chog‘laridan boshlab ilm olishga qiziqib, tarix va adabiyotga mehr qo‘ydi. Dastlabki ma’lumotni Qiyot qishlog‘ida olib,keyinchalik Xiva madrasalarida o‘qidi. 1800 yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni AvazInoq Munisni Xiva saroyining farmonnavis kotibi qilib tayinlaydi. Munis zamonasining mashhur olim, shoir va san’atkorlari bilan yaqin aloqada bo‘lib, o‘zini ilm-fan, ma’rifatga bag‘ishladi. O‘zidan ilgari yashagan shoir va tarixchilarning asarlarini ishtiyoq bilan o‘rganadi. Bu hol Munisning quyidagi she’rida yaqqol ko‘zga tashlanadi: Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur manga,
Xotirimg‘a Xisraviydin har zamon sho‘re yetib, Banda davronning bari shirin kalomidur manga. Pir Ansoriy so‘zidan choshni nutqum topib, So‘zda hosil sharbati yuhyal Nizomiydur manga. Hofizi Sheroz, Lutfiydin taraqqiylar topib, Jilvagoh aqli tasavvufning maqomidur manga. Yuzima Attor har lahza do‘koni fayz ochib, Doim andin atrparvar jon mashomidur manga. Fayzi Firdavsiy gahi qo‘nglum ochib firdavsdek, Goh Xoqoniy futuhining payomidur manga. Goh ta’bim Anvariy nuri bila ravshan bo‘lub, Goh Sa’diy jomining fayzi mudomidur manga. Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nash’ayi, Hosil ahli ishqning sho‘ri tamomi dur manga. Nusxai ta’yid Bediddin topib, Fayzi suxan, Ma’ni ichra nomayi Iqbol nomidur manga. Qilsa hosil daxp bejo so‘z aro yo‘qdir gamim, Kim bu ma’nida Navoiy ruhi homiydur manga. Tong emas, Munis, agar bo‘lsam Kiromiy qadrikim, Ustozi zohiru botin – Kiromiidur manga. Bu g‘azalda keltirilgan ma’lumotdan Munisning qator sharq mumtoz shoirlarining ijodidan bahramand bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Munis yoshligidanoq she’r yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan va o‘zidan ilgari o‘tgan tarixchilarning asarlarini zo‘r havas bilan o‘rgangan. Shoir birinchi yoshlik devonini 1804 yilda tuzdi. 1813 yilda barcha she’rlarini to‘plab “Munis ul-ushshoq” deb nomlangandevon tuzdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sharq qo‘lyozma asarlar fondida Munis devonlarining bir necha qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Ulardan1330-raqamli qo‘lyozma Munis 27 yoshga kirgan vaqtda 1804–1805 yili shoir tarjimai holidan ko‘chirilgan. Devon oxirida quyidagi to‘rtlik keltirilgan:
Vah, yigirma yetgi uzra yetti yosh. Yosh kabi mashg‘ullik qilmoq nedur, Har qachonkim suhbatishta yetti yosh. Shoirning bu devonidan uning g‘azallari, muxammaslari, musaddaslari, ruboiylari va boshqalar o‘rin olgan. Devonning oxiida muallifning “Savodi ta’lim” nomli ilmiy asari ham bor bo‘lib, unda xattotlik qoidalari bayon etilgan. Shoir she’riyatida go‘zallik va muhabbatni kuylagan bo‘lsada, uning g‘azallarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot ham o‘z ifodasini topgan. Zamonasining ilg‘or fikrli kishisi sifatida u o‘zi yashayotgan hayotda faol ishtirok etdi. Munis tarixnavis olim sifatida Xorazm tarixiga oid qimmatli “Firdavs ul-iqbol” nomli muhim tarixiy asarini ijod etdi. Olim o‘z asarini sharq tarixchilarining an’anasiga muvofiq hamd va na’t bo‘limlar bilan boshlagan. So‘ngra o‘z hayoti va asarining yozilishi haqida qisqacha ma’lumot berib, Xorazm tarixini yozgan. Asar muqaddima, besh bob va xotimadan iborat. I bobda Odam Atodan to Nuh payg‘ambar avlodigacha bo‘lgan hodisalar bayon etilgan. II bobda Yefasdan Qo‘ng‘irot sho‘basigacha bo‘lgan Mo‘g‘ul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. III bobda Kurlos avlodiga mansub podshohlar davrida sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida yozilgan. IV bobda Eltuzorxonning ota-bobolari hayoti tasvirlangan. V bobda Eltuzorxonning tug‘ilishidan bu asarning yozilib tamom bo‘lishiga qadar sodir bo‘lgan voqealar xususida qalam tebratilgan. Xotima esa olimlar, avliyolar, amirlar, beklar, shoirlar, hunarmandlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Munis “Firdavs ul-iqbol” nomli asarini yozib tamomlay olmagan. U qadim zamonlardan boshlab Muhammad Rahimxon I hukmronliganing yettinchi yiligacha (1813) bo‘lgan voqealarni yozishga ulgurgan. Uning bu chala qolgan asarini shogirdi Ogahiy davom etdirgan. Ogahiy bu asarni qanday qilib davom etdirganligini quyidagicha bayon etadi. Eltuzorxon xonlik qilgan davrda Munisni chaqirib, Xorazm tarixini yozishni buyuradi. Munis o‘z asarini Sherg‘oziyxon davrigacha yozib yetkazganda Eltuzorxon vafot etadi. Undan so‘ng davlat tepasiga uning birodari Muhammad Rahimxon I keladi. Muhammad Rahimxon I Munisga o‘z asarini davom etdirishni buyuradi. Munis asarni davom etdirarkan, Muhammad Rahimxon I hukmronligining yettinchi yilida sodir bo‘lgan voqealarni yozib tamomlaganda, xon 1819 yili Munisga Mirxondning mashhur “Rav-zat us-safo” nomli tarixiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni buyuradi. Munis bu asarning birinchi jildini o‘zbek tiliga tarjima qilib, ikkinchisini davom etdirayotganida Muhammad Rahimxon I vafot etadi. Uning o‘rniga o‘g‘li Ollohqulixon keladi. Bu ham Munisga tarjimani davom etdirishni buyuradi. Biroq Munis ikkinchi kitobni oxiriga yetkazaolmay, 1829 yili vafot etadi. Ollohqulixon taxtga o‘tirgandan keyin 1839–1840 yili Munisning shogirdi va uning tarbiyasini olgan Ogahiyni chaqirib, 1813 yil voqealarini bayon etish bilan uzilib qolgan “Firdavs ul-iqbol” asarini davom etdirishni buyuradi. Ogahiy 1813 yildan boshlab Xorazmda sodir bo‘lgan voqealarni yoza boshlaydi. Tarixnavis olim Munisning “Firdavs ul-iqbol” nomli asari uzoq davrni qamrab olgan Markaziy Osiyo, ayniqsa Xiva xonligi tarixini o‘rganishda boy qimmatli tarixiy asardir. Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825 yilgacha bo‘lgan siyosiy tarixi mufassal bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va shuningdek, Xiva xonlarining qo‘shni turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Asarda Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganish bo‘yicha ham anchagina ma’lumotlar bor. Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon xonliklari, Rusiya bilan olib borgan diplomatik va savdo-sotiq munosabatlari, xonliqdagi sug‘orish, soliq, qurilish ishlari o‘sha davrda yashagan olimlar, shoirlar hayoti, ijodi qalamga olingan. Shunday qilib, Shermuhammad Munis Xorazmiy o‘z davrining talantli shoiri, atoqli tarixnavis olimi, davlat arbobi va mohir tarjimoni bo‘lgan. Uning asarlari o‘zbek xalqi madaniyati tarixini o‘rganishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi. Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling