Ogahiy test 9 sinf


Download 34.21 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi34.21 Kb.
#1001371
1   2
Bog'liq
OGAHIY TEST 9 SINF

Poya – qadr, daraja;

  • Nishot – shodlik;

  • Voya – 1) muqaddima; 2) bahra.

  • Tifl – go‘dak, chaqaloq;

  • Zol - kampir;

  • G‘ino – boylik;

  • Peroya – ziynat, bezak;

  • Yumurta – tuxum;

  • Xoya – tuxum;

  • Diram – tanga (pul).

  • Inbisot anduz – quvonch tarqatuvchi.

  • Partavfikan – nur, shu’la taratuvchi;

  • Jahonafruz – jahonni yotiruvchi;

  • Shikor andoz – ov qiluvchi;

  • Dastomuz – qo‘lga o‘rgatilgan;

  • Uqob – burgut;

  • Tuz – 1) to‘g‘ri, rost; 2) dala.

  • Gardun – falak, taqdir;

  • Besutun – Afsonaviy tog‘ nomi;

  • Bod – shamol.

    1. Baland aylab quyoshga poya navro‘z,Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z. Kelib fayz-u nishot-u aysh birla, Muhayyo qildi elga voya navro‘z.ushbu misralarda qaysi badiiy san’at qo’llanganini aniqlang?

    1. Tazod

    2. Tasbe

    3. Tashxis

    4. Tashbeh

    1. Navro’z yurtga uch narsa: fayz, shodlik (nishot) va aysh bilan kirib keldi-da, bu uch xushbaxtlikni muhayyo qilib, ulardan elni bahramand qilishini yoki navro‘z o‘zidagi bor yaxshi narsalarni boshqalarga chin ko‘ngildan ulashayotgan va bundan o‘zi ham g‘oyat zavqlanayotgan tanti va saxiy kishiga qiyoslangan, shoir qaysi javobda berilgan?

    1. Zavqiy

    2. Ogahiiy

    3. Furqat

    4. Muqimiy

    1. Tarab tiflin tug‘urdi dahr zoli, Ango bo‘ldi magarkim doya navro‘z.mazkur bayt tahlili haqidagi qaysi hukm xató berilgan?

    1. Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog‘ini tug‘arkan (dunyoga keltirar ekan), navro‘z unga doyalik qildi. Tashxis uchun tabiatdagi o‘zgarishlar asos qilib olingan: dunyo otliq kampirning tug‘ishi va unga navro‘zning doyaligi.

    2. Shodlik – chaqaloq, chunki u boshlanayotgan bahor tufayli kishilar ko‘nglida tug‘ilib kelayotibdi. Dunyo – kampir, chunki u yaratilish jihatdan eng qadimiy.

    3. Tarab – shodlik; tifl – bola, go‘dak; tug‘urdi – tug‘di, dunyoga keltirdi; dahr – dunyo; zol – kampir. Kabi tushunishi qiyin so’zlar izohlangan.

    4. Misralarda yana tanosub, tasbe, mubolaga kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanilgan.

    1. Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mus’hafig‘a oya navro‘z. misralarda qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan?

    1. Tashbih

    2. Mubolag’a

    3. Talmeh

    4. Tanosub

    1. navro‘z latofati Mus’haf bo‘lsa, mahliqolarning yuzi undagi oyatlardir. Tasavvufga ko‘ra inson go‘zalligi ilohiy husnning jilvasi yoki soyasi ekan, mahliqolarni oyatga mengzash qaysi ijodkor ijodining badiiyati sanaladi?

    1. Atoyi

    2. Lutfiy

    3. Ogahiy

    4. Rabg’uziy

    1. Kiyib ahli g‘ino yuz rang xil’at, To‘lo boshdin ayoq peroya navro‘z. Mazkur baytda qaysi mavzu asosiy mavqeni egallagan?

    1. Tabiat tasviri

    2. Siyosiy mavzu

    3. Axloqiy mavzu

    4. Ijtimoiy mavzu

    1. Ogahiyning “Navro’z ” she’rining nechanchi baytida badavlat odamlar (ahli g‘ino)ning bu ko‘ngilli ayyomda “yuz rang xil’at” (turli xil kiyimlar) kiyishi, boshdan oyoq ziynatlanishlik, turli ko‘ngilocharliklar bilan zavqlanishlari bayon etiladi.

    1. 3 bayt

    2. 4 bayt

    3. 5 bayt

    4. 6 bayt

    1. Janobi shahg‘a keldim bu jihatdin, Ko‘zim yoshig‘a toya-toya navro‘z. mazkur baytda qaysi badiiy tasvir vositasidan foydalanilgan?

    1. Tazod

    2. Tasbe

    3. Mubolag’a

    4. Tasdir

    1. Fasl tarovati, go'zalligini berishda Ogahiy qaysi badiiy tasvir vositalarini qo'llaydi?

    1. tanosub, tashxis, iyhom

    2. jonlantirish, talmeh, iyhom

    3. tashbih, tashxis, sifatlash

    4. takrir, iyhom, sifatlash

    1. Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlarni ko'rsating.

    1. «Та viz ul-oshiqin»; 2) «Jome ul-voqeoti sultoniy» 3) «Gulshani davlat»; 4) «Shohidi iqbol»; 5) «Firdavs ul-iqbol»; 6) «Qasidayi nasihat»; 7) «Zubdat ut-tavorix»; 8) «Riyoz ud-davla».

    1. 1 ,3 , 4, 5

    2. 2,3, 5, 6, 7

    3. 2, 3, 4, 6, 7

    4. 2, 3, 4, 5, 7, 8

    1. Quyida berilgan asarlarning mualliflarini toping.

    1) «Qobusnoma»; 2) «Haft paykar»; 3) «Guliston»; 4) «Shoh va gado»; 5) «Yusuf va Zulayho».
    a) Sa’diy Sheroziy; b) Badriddin Hiloliy; s) Abdurahmon Jomiy; d) Nizomiy Ganjaviy; e) Kaykovus.
    A) 1-e, 2-d, 3-a, 4-s, 5-b
    B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-e, 5-s
    C) 1-e, 2-d, 3-a, 4-b, 5-s
    D) 1-b, 2-s, 3-a, 4-e, 5-d

    1. Ogahiyning quyidagi qaysi baytlarida yor timsoli orqali, xususan, lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks etadi?

    A) «Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig'a bergil, Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun», «Janobi shahg'a keldim bu jihatdin, Ko‘zim yoshig'a toya-toya navro'z».
    B) «Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina», «Ey sho‘x, ko'zi qoshinga olam gado, man ham gado».
    C) «Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina», «Chu bergung non ila osh,ey saxiy, sidq ahlig'a bergil, Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun».
    D) «Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo'lub boshingdin aylansun», «Ey sho'x, ko'zi qoshinga olam gado, man ham gado».

    1. Ogahiyning qaysi g’azalidayorning cheksiz go‘zalligi ta’riflanadi, lirik qahramonning ishqdagi o‘rtanishligi tasvirlanadi.

    1. Bahor

    2. Navro’z

    3. Ustina

    4. Aylasun

    1. Ogahiyning ustina radifli g’azalning qaysi qismi uchun ushbu tahlil asos bo’ladi? mushkin qosh tuklarining hay’at sifatida jonlantirilishi va jallod ko‘zlar bilan ittifoq tuzdirilishi Ogahiyning ijodiy kashfiyotidir. Kashfiyotning qiyomiga yetgan hosilasi shundaki, qoshlar ko‘zlar bilan ittifoq tuzib, oshiqni qatl etish uchun hukm chiqaradilar.”

    1. Maqta

    2. 2 bayt

    3. Matla

    4. 3 bayt

    1. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun “nas” kelturur “nun” eltibon “sod” ustina. Baytida qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan?

    1. Tashbih

    2. Tanosub

    3. Kitobat

    4. Tazod

    1. Qaysi hukm xató berilgan?

    1. Lirika – badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri.

    2. Bu atama yunoncha “lira” so‘zidan olingan. Lira musiqa asbobi bo‘lib, qadimda she’rlar uning jo‘rligida aytilgan.

    3. Epik va dramatik turdan farq qilmasdan lirika voqelikni emas, balki inson ichki olamining suratlari bo‘lgan ruhiy kechinma, his-tuyg‘ularni tasvirlaydi.

    4. Lirik asarlar, ya’ni she’riyatning qator o‘ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, lirik asarlar asosan she’riy shaklda yoziladi.

    1. She’riy shakl deb nimaga aytiladi?

    1. She’riy shakl deganda vaznga solinishi, qofiyalanishi, ma’lum satrlar yig‘indisi bo‘lmish bandlardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi.

    2. She’rni ikki xil – odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi. Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsori misol bo’ladi.

    3. Hamma javob to’g’ri berilgan

    4. Ikki tomonlama teng, bir xil shaklida yozilgan she’r

    1. Nasrdagi she’rlar (nasrdagi nazmlar, mansuralar) qachon paydo bo‘ldi?

    1. XIX asrda

    2. XX asrda

    3. XXI asrda

    4. XVIII asrda

    1. Nasrdagi she’rlar (nasrdagi nazmlar, mansuralar) qaysi ijodkorlar ijodida uchraydi.

    1. Fitrat

    2. Oybek

    3. G’afur G’ulom

    4. Hamid Olimjon

    5. Mirtemir

    6. Omon Muxtor

    7. Omon Matjon

    8. Ibrohim G‘afurov

    1. 1,2,3,4,5,6,7,8

    2. 1,2,3,5,6,7,8

    3. 1,2,5,6,7,8

    4. 1,2,4,5,6,7,8

    1. Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga, Kelsun, yuzumni evursam, balo manga. Misralar muallifi kim?

    1. Ogahiy

    2. Navoiy

    3. Bobur

    4. Furqat


    Download 34.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling