“Ogahiyning tarixiy asarlarida oʼzlashmalar” nomli monografiya nashr qilindi
Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʼlimi boshligʼi, filologiya fanlari falsafa doktori Raufjon Maxmudovning oʼzbek tili tarixiy leksikasi tadqiqiga oid “Ogahiyning tarixiy asarlarida oʼzlashmalar” nomli monografiyasi nashr qilindi.
Ushbu monografiyada Ogahiy tarixiy asarlari leksikasidagi oʼzlashmalarning qoʼllanish sabablari oʼrganilgan va ularning genealogik tahlillari amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotda muarrix tarixiy asarlaridagi oʼzlashmalarning tarixan qaysi til lugʼaviy qatlamiga mansubligi, oʼzlashmalarning tarkibiy tahlili, ulardagi maʼno hamda fonetik taraqqiyot, olinma soʼzlarning tarqalish areali kabi jihatlarga eʼtibor qaratilgan.
Monografiya tilshunos va tarixchi mutaxassislar, mumtoz maʼnaviyatimiz va madaniyatimiz hamda oʼzbek tili tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |