Ogahiyning Tavizu-l-oshiqin devonidagi adabiy janrlarni o'rganish


Download 15.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1637523
Bog'liq
Ogahiyning Tavizu-l-oshiqin devonidagi adabiy janrlarni o\'rganish



 
 
OGAHIYNING "TAVIZU-L-
OSHIQIN" DEVONIDAGI
ADABIY JANRLARNI
O'RGANISH
Nurmetova Nasibaning tuzgan
slaydi


 
 
REJA:
Ogahiy hayoti
Ogahiy ijodi
Ogahiy g'azallaridan namunalar
Ogahiy g’azallari. ALISHER
NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Xulosa


 
 
Xalqimizning ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir,
tarixnavis olim, mohir tarjimon, davlat va siyosat arbobi
Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludiga 200 yil to‘ladi.
U 1809 yilning 17 dekabrida Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida,
mirob oilasida dunyoga kelgan. Ogahiyning uyi Ko‘hna Arkdan
taxminan 5–6 chaqirim masofada, Qiyot qishlog‘ining Xiva–Qo‘shko‘pir
yo‘lining chap tarafida. Shu kunlarda, shoirning “uy-muzeyi” joylashgan
bu hovli “Ogahiy bog‘i” deb ataladi. Shoirning borliq umri o‘tgan bu
boqqa qadam qo‘yishingiz bilan osmonga sapchiyotgan otga mengzar
tut xayolingizni moziyga olib ketadi.


 
 
MUHAMMADRIZO OTADAN ERTA YETIM
QOLIB, AMAKISI, ZAMONANING YETUK SHOI-
RI, KATTA MANSAB EGASI – XONNING BOSH
MIROBI, USTOZ MUNIS XORAZMIY QO‘LIDA
TARBIYA TOPADI.
U AMAKISI HAM USTOZI SHERMUHAMMAD
MUNIS XORAZMIY ILA BAMASLAHAT O‘ZIGA
OGAHIY TAXALLUSINI OLADI. 


 
 
Shoirning taxallusi ham o‘zi aytmish
ogohlik bilan xushmavzundir:
Ne tong ogoh bo‘lsa, Ogahiy, ishqing
siridin kim,
Onga behuda ermas osmondin bu laqab
paydo.


 
 
Ogahiy “Ta’viz-ul oshiqin” devoni
debochasida “Saodatlik asrining
yoqimli, uslubi chiroyli bayon fozillariga
va sharofatlik zamonining shirin tillik
shoirlariga diqqatli she’rlari va
nazokatga yaqin nazmlari baxshishligi
uchun mo‘l in’omlar, xursandlik va ko‘p
ehsonlar bilan bahramandlik yetkarib,
qadru martabada o‘zgalardan aziz va
mo‘‘tabar, izzat va shavkatda o‘zga
odamlar orasida quyoshdek porloq va
sarbaland qildi”, deya o‘zining qadri
balandligidan shodmonlik tuyg‘usini
izhor qiladi.


 
 
Yuqoridagi dil izhori bejiz emas. Chunki mavlono tirikligidayoq elda aziz shoir,
tarixnavis olim, tarjimon, ulkan mirob bo‘lib yetishgan, kamol topgan ulkan Shaxs
edi. Bularning barisi tinimsiz mehnat, ilm olish, izlanishlar, Olloh bergan
iste’dodiy ijod mulkidan samarali foydalanish mahsulidir. Shuning uchun ham
Ogahiy avvalam bor ilmni yuqori darajada sharaflaydi: “Ilm andoq ganji nofi’dur
bani odamg‘akim, kimda ul bo‘lsa, iki olam bo‘lur obod anga”, deya ulug‘lovchi
shoir, keyinlarda oyog‘ida quvvat yo‘qligi ishorasida, ilmga nisbatan yanada
yuksak martabada urg‘u beradi:


 
 
Ey, keldi fununu ilm taslim sanga,
Qilmoq manga lozim o‘ldi ta’zim sanga.
Garchi yo‘q edi quvvat ayoqimda, vale,
Keldim bosh ila olg‘oli ta’lim sanga.


 
 
Shoirning g‘azaliyoti, uning nazm nahri, yurtga jon baxshida etib
turgan Jayhunga mengzaydi, gahi shiddatli, gahi sokin, gahi sho‘x, gahi
mahzun oqadi. Daryolar qay tarzda oqmasin, ular elu elatlarga hayot
baxshida etib turadilar. Nainki yozish, hatto ba’zi birovlarning umr
mobaynida o‘qib chiqishga ham vaqti yetmaydigan darajada
sermahsullik hamma ijodkorlarga-da nasib etavermaydigan noyob
baxtdir


 
 
E'TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!

Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling