Og‘ir atletika


Download 1.42 Mb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1479614
1   2
Bog'liq
оғир атлетика

Og‘ir atletika — sport turi, har xil vazn toifalarida og‘ir narsalar (shtanga, tosh) ko‘tarishda musobaqalashish. Og‘irliklarni ko‘tarish mashklari qadimgi zamonlardan ma’lum. Rasmiy musobaqalar esa 1860-yillardan (birinchi marta AQShda) o‘tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda shtangani ikki qo‘llab dast va siltab ko‘tarish (1972 yildan) Og‘ir atletikaning asosiy mashqlari hisoblanadi. Dast ko‘tarishda sportchi shtangani to‘xtatmay bir harakat bilan, siltab ko‘tarishda - ketma-ket ikkita harakatda - avval ko‘krakka olish, keyin esa yuqoriga cho‘zilgan qo‘llarga ko‘tarishni amalga oshiradi. Og‘ir atletikachilarni (1977 yildan) 10 vazn toifasiga (52 kg gacha - 110 kg dan yuqori) ajratadilar. Og‘ir atletika 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari (1900, 1908, 1912 yildan tashqari) dasturiga kiradi. 1896 yil 1-Evropa chempionati, 1898 yil 1-jahon chempionata bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekistonda birinchi Og‘ir atletika to‘garagi 1917 yilda Toshkent shahrida ochilgan, u «Toshkent og‘ir atletika jamiyati» deb atalgan. O‘zbekistonda Og‘ir atletikaning asoschisi Feoktist Gorizdro hisoblanadi. O‘zbekistonda Og‘ir atletika federatsiyasi 1992 yildan faoliyat ko‘rsatadi. U Xalqaro Og‘ir atletika federatsiyasi — IWF ga (1993), Osiyo Og‘ir atletika federatsiyasiga (1994) a’zo.
O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi har yili kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi musobaqalarini o‘tkazadi. Andijon, Toshkent viloyatlari, Toshkent va Samarqand shaharlarida Og‘ir atletika keng ommalashgan. Og‘ir atletika sektsiyalarida 7000 ga yaqin kishi muntazam shug‘ullanadi. Xalqaro toifadagi sport ustalari Erkin Karimov (jahon rekordchisi, 1968), Isroil Isoqov, Noil Muxamadyorov (olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindorlari, 1988), Sergey Sirtsov (jahon chempioni, 1991, Olimpiada o‘yinlarining kumush medali sovrindori, 1992), Igor Sodiqov (jahon chempioni, 1991) va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Igor Xalilov (yoshlar o‘rtasida Yevropa, jahon chempioni, 1992, Osiyoning 2 karra chempioni 1997, 2000) O‘zbekistonning eng kuchli Og‘ir atletikachilaridir.
Rio-2016. Og'ir atletika. «V» guruhi. Jangabayev - 1, Do'smurodov 3-o'rinni egalladi

Og'ir atletikaning erkaklar o'rtasidagi eng og'ir vazn toifasida (+105 kg) "V" va "A" guruhlarida sportchilar o'z ishtiroklarini o'tkazishdi. "V" guruhida ikki nafar o'zbekistonlik sportchi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 
Jumladan, Rustam Jangabayev dast ko'tarishda 195 kg, siltab ko'tarishda 237 kg. toshni o'ziga bo'ysundirib, jami 432 kg. natija bilan 1-o'rinni egalladi. 
Sardorbek Do'smurodovning umumiy natijasi 411 kiloni tashkil qildi. U "dast ko'tarish"da 179, "siltab ko'tarish"da 232 kilo shtangani ko'tardi va guruh vakillari orasida 3-o'rinni band etdi.


Ikkinchi o'rinni vengriyalik Petr Nagi egalladi. U 193+227 ko'rinishidagi natija orqali umumiy hisobda 420 kg natijani qayd etdi. 
"A" guruhi vakillari bahsida gruziyalik Lasha Talaxadze eng yaxshi natijani qayd etib (215+258=473), oltin medalga ega chiqdi. Shu bilan birga u yangi rekordni qayd etdi. Bundan oldingi rekord 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida eronlik Husayn Rizozoda tomonidan o'rnatilgandi (472 kg).
Ikkinchi o'rinni armanistonlik Gor Minasyan egalladi - 451 (210+241), bronza medal boshqa bir gruziyalik Irakliy Turmanidzega nasib etdi 448 (204+241).
Ikki guruh natijalariga ko'ra, Rustam Jangboyev o'ninchi, Sardorbek Do'stmurotov o'n birinchi bo'ldi.

:



























Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling