O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur


Download 69.45 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1590360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI (2)


1 KIRISH
Respublikamizda qishloq xo’jalik ekinlariga,ayniqsa asosiy ekin turi bo’lgan g’o’zaga,g’o’zaning ingichka tolali navlariga o’g’it me’yorlarini to’g’ri belgilash,ekinlardan yuqori hosil olish agrokimyo fani va amaliyotining asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda.
Agrokimyogarlarning asosiy maqsadi o’g’itlarning xususiyatlari va muayyan tuproq bilan o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq-miqlim sharoitlari uchun o’g’it qo’llashning eng samarali me’yor,usul va muddatlarini belgilash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur.Tuproq o’simlikning oziqlanishiga maskan sifatida,o’g’it esa tuproq unumdorligiga ta’sir qiluvchi manba sifatida qaraladi.Tuproqqa sifatli ishlov berilgan, sug’oriladigan tuproqlarda begona o’t , zararkunanda va kasalliklarga qarsahi tadbirlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan sharoitda o’g;itlar kutilgan samarani beradi. Ekinlar hosildorligi va ularning oziq elementlarini o’zlashtirishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Respublikaning har xil tuproq iqlim sharoitlarida o’tkazilgan tajribalarning natijalariga ko’ra, madaniy o’g’itlarning samaradorligi o’g’itlarning meyoriga bog’liq bo’lmasdan, ularning tuproqqa solish muddatlari va o’gitlarning bir-biriga nisbatiga ham bog’ligi isbotlangan.
O’tkazilgan kuzatishlarning natijalariga ko’ra tuproq tarkibidagi oziq moddalarning miqdorini hisobga olmasdan ayrim turdagi o’g’itlar meyorlarning tuproqqa solish meyorlarini bir tomonlama ko’paytirish tuproqda oziq elementlari nisbatining buzilishiga olib kelgan. Bu esa o;simliklarning o’sish, rivojlanishi; hosil miqdori va sifatining pasayishiga sabab bo’lgan. Ko’pchilik ilmiy tadqiqotlar muassasalarida har xilekin turlarida o’tkazilgan tajribalarining ma’lumotlarga asoslanib olimlarning takidlashicha, o’g’itlarning bir qancha omillariga , ya’ni tuproqlarning agrofizik, agrokimyoviy xususiyatlari, mexanik tarkibi, qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlarga, o’tmishdosh ekinlarga bog’liq ekanligi aniqlangan. Shu nuqta’I nazardan Surxondaryo viloyati taqir-o’tloqi tuproqli sharoitda, har xil mayor va nisbatlardagi madaniy o’g’itlarning ingichka tolali g’o’za navlari hosildorligiga ta’sirini o’rganish malakaviy ishning asosini belgiladi.

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling