Bundan tashqari, bitta elementdan yoki bir necha elementlardan iborat o’g’it bo’lishi mumkin.
Bu guruhga quyidagilar kiradi:
Nitrofos va nitrofoska, nitoammofos va nitoammofoska, shuningdek kaliy va ammoniy polifosfstlar, karboammofos, preslangan fosfor-kaliy va murakkab suyuqlik.
Ular tarkibidagi ozuqa moddalarining nisbati ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan boshlang’ich moddalarning miqdoriga bog’liq.
Aralash o’g’itlar
Mineral o’g’itlar aralashmasi – tarkibida ikki va undan ortiq oziq moddalari bo’lgan tayyor o’g’itlar aralashmasi. Aralash o’g’itlar bir jinsli, yaxshi schiluvchan bo’lishi kerak, ularni atyyorlashda o’g’itlarni aralashtirish qoidalariga rioya qilinishi lozim. Aralash o’g’itlar zavodda ham, xo’jalikda ham tayyorlanishi mumkin. Xo’jalikda bir komponentli o’g’itlardan barvaqt aralashma tayyorlash va uni saqlash mumkin ems, chunki bunda unign fizik xususiyatlari yomonlashadi. Ekinga qarab aralash o’g’itda asosiy o’g’itlar nisbati har xil bo’ladi. Kaliy bilan yetarli ta’minlangan g’o’za maydonlarida shudgorlash va ekish vaqtida o’g’it solishda NPK 1:2,5:0 va 0:4:0 yaxshi nisbat hisoblanadi.Tuproqning sho’ri yuviladiga sharoitda g’o’zaga P-K li va N-P li aralash o’g’otlar solish samaralidir. Ularni qo’shimchalar – mikroelementlar, gerbitsitlar, insektitsitlar qoshib ham atyyorlash mumkin.
Ko’p funksiyali o’g’itlar
Asosiy elementlarga qo’shimcha ravishda, ularda turli xil mikroelementlar va biostimulyatorlar mavjud. Ushbu moddalar odatda immunitetni oshiruvchi ta’sirga ega va o’simliklarning o’sish faolligini oshiradi.
O’g’it aralashmalari
O’g’it aralashmalari mexanik ravishda bir-biriga mos keladigan o’g’it turlari mavjud. O’g’it aralashmalarining tarkibi butunlay boshqacha tarzda tayyorlanishi mumkin, bu sizga ma’lum bir ekin uchun, masalan, tuproq va mintaqah uchun o’ziga xos nisbatni tanlash imkonini beradi. G’arbiy mamlakatlarda o’g’it aralashmalaridan foydalanish tuproqni oziq-ovqat bilan boyitishning yaxshi va uzoq vaqtdan beri ma’lum bo’lgan usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |