Ogoh bo'l 1 030 marta o'qildi Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash har birimizning burchimizdir
Download 26.93 Kb.
|
Ogoh bo\'ling
Ogoh bo'l 1 030 marta o'qildi Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash har birimizning burchimizdir 2015-03-25 XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o'zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, rnazkur xatar shu qadar keng ko'lam va xilma-xil ko'rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko'pincha, unga e'tiborsiz hatto, loqayd bo'lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hoi, albatta. Xo'sh, nega bunday bo'lmoqda, degan savol tug'iladi. Sababi — XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo'lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o'chog'iga aylana boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodiretdilar. Natijada 3668 kishi halok bo'lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko'rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g'ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig'dirish qiyin jug'rofiy ko'lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo'rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko'zlagan, kamida ikkita qo'poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda. Masalan, 1992-yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi. Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashuvi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli barcha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g'ayriinsoniy harakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahontaraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy ham-korlikning rivojlanishiga to’siq bo'lmoqda. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko'rsatayotgan terror-chilik tashkilotlarining yuzdan oshigM eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta'minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo'poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o'zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko'rsatadilar. Shunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilikharakati), «AbuSayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabilarni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot - «Hizb at-tahrir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoning turli mamlakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko'rilmoqda. Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o'ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko'pchiligi muqaddas islom dinini o'ziga niqob qilib olgan. Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining asl mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy mezonlarni qidirmoqdalar. Huquqiy mazmun va mohiyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga da'vat etmoqdalar. Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqimizning oromini buzib kelayotgan qo'poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004-yilning mart— aprel va iyul oylarida sodir etilgan voqealar keng ko'lamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruhlari qatoriga kiritilgan, «O'zbekiston islomiy harakati»ning O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil dav-latlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo'poruvchiliklar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani maxsus xizmatlar va keng jamo-atchilikni chalgitishga urinishdan boshqa narsa emas. Ushbu qo'poruvchi tashkilotning bosh homiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dunyodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jihod al-islomiy», «al-Muhojirun», «Hizbut-tahrir» kabi diniy ekstremistik tuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qo'poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir. Download 26.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling